Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

“MAZKUR TASHRIFIM MAMLAKATLARIMIZ O’RTASIDAGI TARIXIY VA INSONIY ALOQALARNI YANADA CHUQURLASHTIRISHGA XIZMAT QILADI”

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
“MAZKUR TASHRIFIM MAMLAKATLARIMIZ O'RTASIDAGI TARIXIY VA INSONIY ALOQALARNI YANADA CHUQURLASHTIRISHGA XIZMAT QILADI”

Yaponiya Bosh vaziri Shindzo Abe o’zining O’zbekistonga rasmiy tashrifi arafasida “Jahon” axborot agentligi savollariga javob berdi

— Mamlakatlarimiz o’rtasidagi ikki tomonlama aloqalarning kengayishi va chuqurlashishi yo’lida O’zbekistonga bo’ladigan tashrifingizning o’rni va ahamiyatini qanday baholaysiz?

— Oradan 9 yil o’tib Yaponiya Bosh vazirining O’zbekistonga rasmiy tashrifi uyushtirilayotganidan bag’oyat mamnunman. Hozirgi tashrifim doirasida Prezident Islom Karimov bilan ilk uchrashuv chog’ida siyosiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalarga oid keng qamrovli masalalarni atroflicha muhokama qilish niyatidaman.

Ko’plab yaponiyaliklar qadimdan Buyuk ipak yo’lining muhim strategik bo’g’ini hisoblangan O’zbekiston tarixi va madaniyatini o’rganishga kuchli ishtiyoq va katta qiziqish bildirishadi. Samarqand, Buxoro, Xiva va boshqa navqiron shaharlarning betakror go’zalligiga maftun bo’lganlar ham kam emas.

Toshkent shahri markazida qurilishida yapon fuqarolari ishtirok etgan Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston davlat akademik katta teatri joylashgan. Menga ma’lumki, Prezident Islom Karimov va butun o’zbek xalqi mazkur teatrga katta hurmat bilan qaraydi.

Yaponiyada turli jabhalarda mamlakatingizga qiziqadigan ixlosmandlar soni juda ko’p. Mazkur tashrifim ikki davlat o’rtasida tarixiy va insoniy aloqalarni yanada chuqurlashtirishga xizmat qilishiga umid qilaman.

O’zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasidagi barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlashda muhim o’rin tutuvchi yirik davlat hisoblanadi. Shu munosabat bilan, mamlakatingiz bilan nafaqat ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash sohasida, balki Markaziy Osiyo minqtaqasi uchun umumiy bo’lgan transport, logistika, suv ta’minoti, elektr energiyasi, giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurash va davlat chegaralarini nazorat qilish singari jabhalarda ham hamkorlikni davom ettirish niyatidamiz. Mazkur sohalar “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqot mexanizmi doirasida O’zbekiston bilan Yaponiya o’rtasidagi hamkorlikni yo’lga qo’yish bo’yicha muhim muhokama mavzulari hisoblanadi.

— Mamlakatlarimiz o’rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning hozirgi darajasi va istiqbollari haqida o’z qarashlaringizni o’rtoqlashsangiz. Yaponiya kompaniyalarining O’zbekistonda sarmoyaviy loyihalardagi ishtiroki haqida ham fikr-mulohazalaringizni bilishni istar edik.

— So’nggi yillarda ikki davlat o’rtasida siyosiy jabhada oliy darajadagi o’zaro tashriflarni qamrab oluvchi faol siyosiy muloqot kuzatilmoqda. Umid qilamanki, mazkur tashrifim samarasi sifatida ikki mamlakat o’rtasida siyosat sohasidagi hamkorlik olg’a mustahkamlanadi.

Savdo-iqtisodiy sohada, ikki tomonlama aloqalar haqida so’z yuritadigan bo’lsak, so’nggi yillarda yapon kompaniyalari turli shakllarda O’zbekiston sanoatini diversifikatsiyalashga hissa qo’shuvchi loyihalarda ishtirok etib kelmoqda. Xususan, avtobus va yuk mashinalari hamda kimyoviy o’g’itlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan zavodlar, axborot texnologiyalari va boshqalarni bunga misol qilib keltirish mumkin.

Biroq O’zbekistonning yetarli salohiyatini hisobga olgan holda ikki mamlakat o’rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uchun hali foydalanilmagan imkoniyatlar mavjud, deb o’ylayman. Mazkur tashrifim doirasida men bilan birgalikda ko’p sonli iqtisodiy delegatsiya Toshkentga kelmoqda. Umid qilamanki, mazkur delegatsiya Yaponiya kompaniyalarining O’zbekistonda muvafaqqiyatli faoliyat yuritishiga hamda yapon texnologiyalari va tajribasinining yurtingiz taraqqiyotida o’z munosib tatbig’ini topishiga zamin yaratadi.

Bundan tashqari, hozirda energetika va qishloq xo’jaligi tizimlarini modernizatsiyalash sohalarida amalga oshirilayotgan yenali kredit loyihalari yordamida yapon texnologiyalarini qo’llash orqali yuqori sifatli infratuzilmalar barpo etilmoqda. Bu, o’z navbatida, O’zbekistonni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish bilan birga Yaponiya kompaniyalari tomonidan yanada ko’proq sarmoyalarning kiritilishiga xizmat qilishi ham ko’zda tutilgan.

Toshkentdagi O’zbek-yapon markazida xususiy tadbirkorlarni tayyorlash dasturi amalga oshirilmoqda. Shuningdek, davlat idoralarining yosh xodimlari uchun Yaponiyada malaka oshirishni ko’zda tutuvchi o’quv dasturlari yo’lga qo’yilgan.

Yaponiya hukumatining “Taraqqiyotga rasmiy yordam” dasturi doirasida berilayotgan ko’magi O’zbekistonda yuqori baholanayotganidan mamnunman.

Madaniy-gumanitar sohaga to’xtaladigan bo’lsak, ikki mamlakat xalqlari o’rtasidagi o’zaro anglashinuv va do’stlik rishtalari O’zbekistonda yapon tilini o’rganish, teledasturlar bilan almashinuv hamda an’anaviy jang san’ati turlari va sportni rivojlantirish singari sohalarda keng hamkorlikni yo’lga qo’yish orqali mustahkamlanishiga umid qilaman.

“Jahon” AA