Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

MDH – O‘ZBEKISTON UCHUN MUHIM YO‘NALISH

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
MDH – O‘ZBEKISTON UCHUN MUHIM YO‘NALISH

Joriy yil 10 oktyabr kuni Rossiyaning Sochi shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisi, 11 oktyabrda esa MDH davlatlari rahbarlari Kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Tadbirlarning birinchi kuni Hamdo‘stlik tashqi siyosat mahkamalarining rahbarlari xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar hamda birlashma doirasidagi o‘zaro hamkorlik yuzasidan o‘zaro fikr almashishlari barobarida tashkilot faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirishga doir keng qamrovli masalalarni ko‘rib chiqishadi.

Keyingi kuni, ya’ni 11 oktyabrda bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi uchrashuvda MDH mamlakatlarining yetakchilari siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda Hamdo‘stlik faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari yuzasidan bir qancha masalalarni ko‘rib chiqadilar.

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining salmoqli shartnoma-huquqiy zamini ko‘p tomonlama hamkorlikning barcha qirralari bo‘yicha birlashmaga a’zo davlatlar ega bo‘lgan ulkan salohiyatni ro‘yobga chiqarish imkonini beradi, bu, o‘z navbatida, butun Hamdo‘stlik makonida barqaror va izchil taraqqiyot uchun katta madad bo‘lib xizmat qiladi.

Shuni qayd etish joizki, O‘zbekiston xavfsizlikni ta’minlash, tinchlikni saqlash, o‘zaro manfaatli asosda iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirish, Hamdo‘stlik mamlakatlari xalqlarining konstruktiv muloqoti va o‘zaro munosabati yo‘lida yaqin hamkorlikning tarafdoridir. Bu, shubhasiz, ular o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro ishonch rishtalarining mustahkamlanishiga ko‘maklashadi.

Savdo-iqtisodiy aloqalarni hamda transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish, transchegaraviy xavf-xatarlarga qarshi kurash respublikaning birlashma doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz: joriy yil 6 - 7 aprel kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan muhim tadbir – MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisida tashkilot doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish muhokama qilingan edi. Unda Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston tashqi ishlar vazirlari, Ozarbayjon, Moldova va Turkmaniston tashqi siyosat mahkamalari rahbarlarining o‘rinbosarlari hamda MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi ishtirok etdi.

Toshkent yig‘ilishining yakunlari bo‘yicha tashqi siyosiy, huquqiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi o‘zaro hamkorlik masalalariga doir 15 ta hujjat qabul qilindi.

O‘shanda ishtirokchilar tomonidan xristian, musulmon va boshqa konfessiyalarni kamsitish va ularga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risidagi Bayonot qabul qilindi. Sochida bo‘lib o‘tadigan Davlat rahbarlari kengashida ko‘rib chiqish uchun MDH davlatlarining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishga qarshi kurashish sohasidagi hamkorligi Kontseptsiyasi hamda boshqa hujjatlar ma’qullandi.

Konstruktiv ruhda hamda bir-birini o‘zaro to‘g‘ri tushunish muhitida o‘tgan Toshkent vazirlar uchrashuvi joriy yil may oyida Qozon shahrida MDH hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishining o‘tkazilishiga zamin hozirladi.

Bugun bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq va iqtisodiy jihatdan samarali mintaqalararo transport-kommunikatsiyalarisiz savdo aloqalari rivojlanishini tasavvur qilish mushkul. Shu bois O‘zbekiston Hamdo‘stlik doirasida kelishilgan va samarali transport-kommunikatsiyalari hamda tarif siyosati amalga oshirilishini, tranzit salohiyatini oshirish va yuk tashishlarda yangi hajmlar jalb etilishiga yo‘naltirilgan preferentsial va imtiyozli shartlar qo‘llanilishini yoqlaydi.

23 iyun va 15 sentyabr kunlari mamlakatimiz hukumat delegatsiyalari MDH Iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishlarida ishtirok etdi. Shuni ham qayd etish kerakki, 2017 yildan buyon O‘zbekiston tashkilot doirasida qabul qilingan bitimlar, Davlat rahbarlari kengashi va Hukumat rahbarlari kengashining erkin savdo zonalari shakllanishi hamda ularning amal qilishi to‘g‘risidagi qarorlar va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish hamda o‘zaro hamkorlikning boshqa masalalari ijrosini ta’minlaydigan ushbu asosiy ijroiya organining to‘la huquqli ishtirokchisidir.

“Jahon” AA