Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

MDH TASHQI ISHLAR VAZIRLARI KENGASHI YIG‘ILISHI TO‘G‘RISIDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
MDH TASHQI ISHLAR VAZIRLARI KENGASHI YIG‘ILISHI TO‘G‘RISIDA

2017-yil 7-aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi poytaxti Toskent shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Armaniston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Edvard Nalbandyan, Belarus Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey, Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev, Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Kayrat Abdraxmanov, Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sirodjidin Aslov, O‘zbekistin Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov, Moldova Respublikasi Tashqi ishlar va Yevropa bilan integratsiya vaziri o‘rinbosari Lilian Dariy, Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Xalaf Xalafov, Turkmaniston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vepa Xadjiyev va MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev ishtirok etishdi.

Yig‘ilishga Rossiya tomoni raislik qildi.

Delegatsiyalar rahbarlari tashkilot faoliyatining turli yo‘nalishlaridagi hamkorlikning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari, xalqaro va mintaqaviy masalalardagi uning roli va o‘rnini ko‘tarishni muhokama qildilar.

Tadbirda mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni chuqurlashtirish hamda MDH ishtirokchi-davlatlarining barqaror rivojlanishini ta’minlashning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Kun tartibiga ko‘ra MDH ishtirokchi davlatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan 15 ta hujjatni ko‘rib chiqildi. Ulardan 9 tasi Hamdo‘stlikning Davlat rahbarlari kengashi va may oyida bo‘lib o‘tadigan Hukumat rahbarlari kengashiga muhokama uchun kiritiladi.

Hujjatlar Hamdo‘stlik mamlakatlarining tashqi siyosat, huquqiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorligi masalalarini qamrab oladi.

Ishtirokchilar xristian, musulmon va boshqa konfessiyalarni kamsitish va ularga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida Bayonotni qabul qildilar. Hujjatda diniy mansublik va e’tiqodiga asoslangan holda ayrim shaxslarga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish, kuch ishlatish va terrorchilik harakatini amalga oshirish holatlari davom etayotganligi sababli xavotir bildirilgan. Xristian, musulmon va boshqa konfessiya vakillariga nisbatan murosasizlik qilish, ularni kamsitish, kuch ishlatish hamda terrorchilik harakatlarining barcha ko‘rinishlari qat’iy qoralanadi. Tomonlar xalqaro hamjamiyatning mazkur yo‘nalishdagi pozitsiyalarini birlashtirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni yanada olg‘a surish maqsadini bildirishdi.

TIV rahbarlari kvotalar taqsimoti, Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotib o‘rinbosarlarini va MDH bosh qarorgohidagi boshqa mansabdor shaxslarni kvota asosidagi amallarga tayinlash va almashtirish to‘g‘risidagi MDH Ijroiya qo‘mitasining axborotini tingladilar.

Davlat rahbarlari kengashida ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan MDH ishtirokchi davlatlarining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishga qarshi kurashish sohasidagi hamkorligi Konsepsiyasi hamda jinoiy ishlarning moddiy dalillari bo‘lgan narkotik va psixotrop moddalar va ularning prekursorlarini, o‘qotar qurollar, ularning asosiy qismlari, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar va portlovchi qurilmalarni topshirish tartibi to‘g‘risidagi Bayonnoma loyihalari ma’qullandi.

2018-yilda «Hamdo‘stlikning madaniy poytaxti» Davlatlararo dasturini amalga oshirish, MDH mamlakatlarining qurolli kuchlari metrolog mutaxassislarini hamda moliyaviy tergov organlari uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ayrim ta’lim va akademik muassalariga asosiy tashkilot maqomini berish masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilish konstruktiv vaziyatda va hamjihatlik ruhida o‘tdi.

Ishtirokchilar TIVK yig‘ilishining yuqori darajada tashkil etganligi va Toshkent shahrida o‘tkazilgan tadbir davomidagi an’anaviy iliq mehmondo‘stlik uchun O‘zbekiston tomoniga minnatdorchilik bildirishdi.

TIVK yig‘ilishi doirasida ishtirokchi davlatlar tashqi siyosat idoralari rahbarlarining ikki tomonlama uchrashuvlari o‘tkazildi.

MDH Tashqi ishlar vazilari kengashining navbatdagi yig‘ilishi 2017-yilning 10-oktabr kuni Moskva shahrida bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
Matbuot xizmati