MDH TIVK Dushanbe shahridagi majlisi to‘g‘risida
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya 2018-yilning 27-sentabr kuni Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi.
MDH ishtirokchi davlatlari TIV rahbarlari 27-28 sentabr kunlari Tojikiston poytaxtida bo‘ladigan MDH Sammitiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishning amaliy jihatlarini muhokama qildilar.
Majlisda kun tartibining hamda davlat rahbarlari imzolashi uchun kiritiladigan hujjatlarning loyihalari ko‘rib chiqildi va kelishildi.
Tadbirda xalqaro kun tartibining va MDH formatida hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.