MDHga a’zo mamlakatlarda aholini ro‘yxatga olish so‘nggi 30 yilda birinchi marta o‘tkazilmoqda
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Toshkentda 27 noyabr kuni MDH Davlatlararo statistika qo‘mitasi, BMT Aholishunoslik jamg‘armasi (YuNFPA) va O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi hamkorligida “Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlarda aholini ro‘yxatga olish: 2020 yil davrasi” mavzuida xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yetakchi ilmiy markazlar tadqiqotchilari, olimlar, mahalliy va xorijiy ekspertlar, mutaxassislar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Bugungi kunda MDH mamlakatlarida aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha muhokamalar olib borilmoqda. Jumladan, Prezident Shavkat Mirziyoevning 2019 yil 5 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, 2022 yilda mamlakatimiz zamonaviy tarixida birinchi marta aholini ro‘yxatga olish o‘tkazilishi belgilangan.
Ma’lumki, MDHga a’zo mamlakatlarda aholini ro‘yxatga olish so‘nggi 30 yilda birinchi marta o‘tkazilmoqda. Shunga ko‘ra, ro‘yxatga olish dasturlariga kiritish uchun ko‘rsatkichlar, savollar tarifi va ularni to‘ldirish uchun uslubiy ko‘rsatmalar Hamdo‘stlikka a’zo davlatlar statistika idoralari bilan kelishildi. Bu mintaqada aholining faol harakatlanishi uchun muhim bo‘lgan migratsiya hajmi va oqimi to‘g‘risida solishtirma ma’lumotlarni olish va Hamdo‘stlik mamlakatlari nufusining umumiy ishchi kuchini baholash imkonini beradi.
Tadbirda joriy yil oktabr oyida Ozarbayjon va Belarus Respublikalarida o‘tkazilgan aholini ro‘yxatga olishning dastlabki natijalari, mamlakatimiz va Hamdo‘stlikka a’zo boshqa davlatlarda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik jarayoni, shuningdek, barqaror rivojlanish maqsadlarini monitoring qilish uchun aholini ro‘yxatga olish axborot manbalari imkoniyatlari haqida so‘z yuritildi.
– O‘zbekistonda oxirgi marta aholini ro‘yxatga olish 1989 yilda o‘tkazilgan, – deydi Davlat statistika qo‘mitasi mas’ul xodimi Sherzod Do‘snaev. – Bugungi kunda aholini ro‘yxatga olish imkoniyatlari kengaydi. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ma’lumotlarni to‘plashning raqamli usullaridan keng foydalanish, elektron xarita va anketalar, internet, ma’muriy ma’lumotlar manbalari shular jumlasidan. Mazkur xalqaro seminar Hamdo‘stlik mamlakatlari statistika idoralari mutaxassislari uchun o‘zaro tajriba almashish imkonini beradi, a’zo davlatlarning statistik salohiyatini mustahkamlashga hissa qo‘shadi.
UZA