Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

MDHning Dushanbe sammiti

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
MDHning Dushanbe sammiti

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 27-28 sentyabr kunlari Dushanbe shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etdi.

Sammitning asosiy tadbirlari 28-sentyabr kuni boʻldi.

Dushanbedagi “Koʻhi Somon” saroyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon kutib oldi.

Dastlab davlat rahbarlari tor doirada uchrashuv oʻtkazdi. Unda Hamdoʻstlik doirasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, ushbu xalqaro tuzilma faoliyatini takomillashtirish, mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Oʻtgan yil Oʻzbekistonning MDH doirasidagi koʻp qirrali hamkorligida mutlaqo yangi bosqich boʻlganini taʼkidlash lozim. Bu mazkur tashkilotga aʼzo mamlakatlar bilan turli sohalardagi aloqalarni yanada mustahkamlash va rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etayotir.

Hamdoʻstlik mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiyot, investitsiya, transport, turizm, ilm-fan, taʼlim va xavfsizlik sohalaridagi hamkorlik mustahkamlanmoqda.

Prezidentimiz dunyo miqyosida jadal oʻzgarishlar roʻy berayotgan, global xatar va tahdidlar kuchayib borayotgan bugungi kunda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi koʻp qirrali hamkorlikni mustahkamlash uchun muhim maydon boʻlib xizmat qilayotganini taʼkidladi.

Oʻzbekiston mashinasozlik, energetika, elektrotexnikasi, toʻqimachilik, farmatsevtika sanoati va qishloq xoʻjaligi sohasidagi kooperatsiyani yanada kengaytirish tarafdori.

Savdo-sotiq MDH davlatlari hamkorligida muhim oʻrin egallaydi. Prezidentimiz tashabbusi bilan 2017-yil 3-noyabr kuni Toshkentda ilk bor oʻtkazilgan MDH Hukumat rahbarlari kengashi majlisi ham aʼzo davlatlar oʻrtasida oʻzaro ishonch va hamkorlikni mustahkamlash, Hamdoʻstlik doirasida yangi, aniq loyihalar ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etdi. Majlisda aʼzo davlatlar oʻrtasida savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga doir 20 ga yaqin masala koʻrib chiqildi.

Keyingi ikki yilda mamlakatimiz bilan MDH davlatlari oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi muttasil oʻsmoqda.

Shavkat Mirziyoyev bu haqda soʻz yuritar ekan, bojxona tartib-taomillarini imkon qadar soddalashtirish, savdoda mavjud barcha cheklovlarni, jumladan, texnik toʻsiqlarni bartaraf etish zarurligini, MDH erkin savdo zonasining toʻlaqonli faoliyat yuritishi va oʻzaro bozorlarni shakllantirish, shuningdek, qisqa fursatda Hamdoʻstlik makonida xizmatlar sotish boʻyicha erkin zonani yaratish muhimligini taʼkidladi.

– Xalqaro va mintaqaviy yoʻlaklardan samarali foydalanishga qaratilgan saʼy-harakatlarimizni davom ettirish, bunda oʻzaro tarif preferensiyalari berishning yagona mexanizmini joriy etish, barcha turdagi transportlarda yuk tashishda talablarni birxillashtirish va turli toʻsiqlarni bartaraf etish, logistika markazlarini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega, – dedi davlatimiz rahbari.

Mashinasozlik, energetika, elektrotexnikasi, toʻqimachilik, farmatsevtika sanoati va qishloq xoʻjaligida hamkorlikni, jumladan, oʻzaro mahsulot yetkazib berishda “yashil yoʻlaklar”dan keng foydalangan holda rivojlantirish muhimligi qayd etildi.

Hududlararo va chegaraoldi hamkorlikni kengaytirish ham muhim ahamiyatga ega. Bu MDH davlatlari va xalqlari oʻrtasida koʻp qirrali va oʻzaro manfaatli munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Tomonlar huquqni muhofaza qilish organlari va maxsus xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish, MDH makonida xavfsizlikka tahdidlarning oʻz vaqtida oldini olish maqsadida samarali hamkorlikni taʼminlash masalalarini muhokama qildi.

Prezidentimiz yoshlar oʻrtasida radikallashuv muammosiga toʻxtalib, taʼlim, maʼrifat, yosh avlodni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish va hayotda oʻz oʻrnini topishi uchun sharoit yaratish borasidagi hamkorlikni kengaytirish zarurligini taʼkidladi.

Mamlakatlarimizni birlashtirib turuvchi muhim kuch boʻlgan madaniy-gumanitar aloqalarni yanada rivojlantirish, maʼnaviy qadriyatlarni asrab-avaylash va qoʻllab-quvvatlash zarurligi qayd etildi.

Tor doiradagi uchrashuvda 2019-yilda MDHga raislik hamda Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisini oʻtkazish joyi toʻgʻrisidagi masalalar koʻrib chiqildi. Qabul qilingan qarorga koʻra, kelgusi yilda Hamdoʻstlikka raislik Turkmanistonga oʻtdi. Oʻzbekiston Respublikasi tashkilotga hamrais etib belgilandi.

Davlat rahbarlari muzokaralarni kengaytirilgan tarkibda davom ettirdilar.

Unda turli sohalarda koʻp tomonlama hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollariga doir keng koʻlamli masalalar muhokama qilindi.

Koinotni tadqiq etish va tinch maqsadlarda foydalanish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida MDH konvensiyasi hamda 1941-1945 yillardagi Ulugʻ Vatan urushida qozonilgan Gʻalabaning 75 yilligiga tayyorgarlik koʻrish va uni nishonlash boʻyicha asosiy tadbirlar rejasi maʼqullandi.

MDHga aʼzo mamlakatlar Davlat rahbarlarining 1948-yil 10-dekabrdagi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 70 yilligi munosabati bilan bayonoti, 2019-2023 yillarga moʻljallangan jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlar davlatlararo dasturi, Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim va boshqa hujjatlar qabul qilindi. Shuningdek, 2021-yilni MDHda arxitektura va shaharsozlik yili deb eʼlon qilish haqida qaror qilindi. Jami 16 hujjat imzolandi.

Shu bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifi yakunlandi. Dushanbe xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzoda kuzatib qoʻydi.

www.uza.uz