Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

“MEHMONDO’ST VA OCHIQKO’NGIL, SAN’ATGA OSHUFTA XALQNING YUZIDAGI SAMIMIYAT KATTA TAASSUROT QOLDIRDI”

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
“MEHMONDO'ST VA OCHIQKO'NGIL, SAN'ATGA OSHUFTA XALQNING YUZIDAGI SAMIMIYAT KATTA TAASSUROT QOLDIRDI”

“Sharq taronalari” X Xalqaro musiqa festivali doirasida O’zbekistonga tashrif buyurgan xorijlik san’atkorlar va tadbir mehmonlari “Jahon” Axborot agentligi muxbiri bilan suhbatda o’z fikr va mulohazalari bilan almashmoqda.

Asevedo Ballon Xorxe Osvaldo (sozanda, Peru):

— Samarqandning jozibador ob-havosi tanga juda yoqarkan. Shirin-shakar mevalari ta’rifiga til ojiz. Ayniqsa, mehmondo’st va ochiqko’ngil xalqingiz, san’atga oshufta odamlaringiz yuzidagi samimiyat bizda katta taassurot qoldirdi.

O’zbek milliy kiyimlari, betakror musiqa san’ati ham bundan qolishmaydi. O’zbek san’atkorlaridan ko’p narsalar o’rganayapmiz.

Rashmi Agarval (2013 yil o’tkazilgan festival Gran-pri sohibi, Hindiston):

— O’tgan safargi festivalda Gran-pri sohibi bo’lganman. Bu yil mehmon sifatida taklif etildim. Buning uchun tashkilotchilarga o’z minnatdorligimni bildiraman.

Men o’zbek musiqa san’ati bilan juda yaxshi tanishman. Undagi nafis ohanglar, betakror joziba, o’ynoqilik menga qadrdon. Sharqona oqil va donolik, betakrorlik va go’zallik xalqlarimiz madaniyati va san’atida o’z ifodasini topgan.

Sepp Silver (sozanda, Estoniya):

— Samarqandga ilk marotaba kelgan bo’lsam-da, o’zimni qadrdon va dilga yaqin go’shada turgandek his qilyapman. Insonlarning samimiyligi, mehmondo’stligi sabab o’zimni bu yerda umuman begona his etmadim.

Festival doirasida turli tarixiy obida va aziz qadamjolarni ziyorat qilib, madaniyatingiz, ulug’ alloma va mutafakkirlaringiz to’g’risida tushunchaga ega bo’ldim. Boy madaniyatingiz, tarixingiz bilan har qancha faxrlansangiz arziydi.

Farhod Alimi (“Obshor” guruhi a’zosi, Afg’oniston):

— Sharq gavhari, allomalar yurti Samarqandda birinchi marta bo’lishim. Shahar juda go’zal, yo’llari keng, ravon, ko’chalari, bog’lari so’lim, rangli va musiqiy favvoralari kishiga ko’tarinkilik bag’ishlaydi. Ko’p mamlakatlarda bo’lganman, ammo Samarqand haqiqatan ham yer yuzining sayqali, degan ta’rifga loyiqligiga amin bo’ldim. Aholiga yaratilgan qulayliklar, ayniqsa, zamonaviy uy-joylar e’tiborimni tortdi.

Oqdaryo tumanidagi bolalar musiqa va san’at maktabida chiqish qildik. Maktabda yaratilgan shart-sharoit, binolarning zamonaviy jihozlangani, o’quvchilarning konsert dasturlari maqtovga loyiq.

Ibrahimi Ibrahim (“Obshor” guruhi a’zosi, Afg’oniston):

— O’zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar, shahar va qishloqlarning go’zalligiga, tinch va dorulomon kunlarda farovon turmush kechirayotgan xalqingizga havas qildik. Bunday tinch va osoyishta kunlarning har bir daqiqasi uchun shukrona aytish kerak. Buni biz, notinchlik hukm surayotgan mamlakat fuqarosi sifatida his qilmoqdamiz.

Samarqandda o’tayotgan festival, ko’rilgan hozirlik, shahar manzarasi bizni hayratga soldi. Bu ishlar o’zbek xalqining mehnatsevarligi, san’atsevarligidan, musiqaga oshno ekanligidan dalolatdir.

Biz festivalga afg’on xalqining mumtoz kuy-qo’shiqlaridan tayyorlab kelganmiz va nasib etsa, festivalda sovrinli o’rinlardan birini egallaymiz.

Gandharv Lokesh Kumar («Vijahat Hussain» guruhi a’zosi, Hindiston):

— Samarqand haqida ko’p bora eshitganman, kitoblarda o’qiganman. Uning boy tarixi, ayniqsa, sohibqiron Amir Temur tomonidan olib borilgan bunyodkorlik ishlari haqida hamyurtlarim yaxshi bilishadi.

Qolaversa, Temuriylar avlodidan bo’lgan Boburiylarning Hindiston obodligi, xalqimiz farovonligi yo’lidagi ibratli ishlariga har doim tahsin aytamiz.

Amir Temur saltanatining poytaxti bo’lgan Samarqand esa har qanday kishini o’ziga maftun etadi. Bu yerda o’tkazilayotgan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalida ishtirok etish, san’atkorman deganning bugun orzusiga aylangan. Bunday go’zal, havosi musaffo, tabiati so’lim shahar boshqa yerda yo’q.

Kang Sun-ok (jurnalist, Janubiy Korea):

— Ko’kka bo’y cho’zgan gumbazlar, necha asrlik tarixga guvoh qadimiy obida chiroyiga hamohang yangragan turli xalqlarning milliy qo’shiqlari, musiqalari kishi ruhiyatiga o’zgacha ta’sir ko’rsatar ekan.

Samarqanddagi tarixiy qadamjolar va ziyoratgohlar bugungi kungacha saqlanib kelingani tahsinga sazavor. Bu mamlakatingizda milliy qadriyatga va o’tmish an’analariga bo’lgan e’tiborning yuksak nishonasi, albatta.

Pak En-xe («Pung Ryu» guruhi sozandasi, Janubiy Koreya):

— Samarqandda dunyoning turli xalqlari qatori bizning ham milliy kuy-qo’shiqlarimiz yangrayotganidan baxtiyorman. Shahringizda birinchi marotaba bo’lsam-da, insonlar o’rtasidagi samimiyat, mehmondo’stlikni ko’rib o’zimni o’z uyimda yurgandek his qildim.

O’zbek va koreys xalqlari madaniyatining ko’plab o’xshash tomonlarini ko’rib O’zbekistonga nisbatan mehrim o’n chandon oshdi. Ijodiy guruhimiz bilan Samarqandga yana kelishga kelishib oldik.

"Jahon" AA