Mehmonlar ayni vaqtda Nukus tumanidan Mo‘ynoqqa yo‘l oldi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

“Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikdagi harakatlar: yangicha yondashuvlar, innovatsion yechimlar va investitsiyalar” mavzusidagi xalqaro konferensiya qatnashchilari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga yetib keldi.
Mehmonlar ayni vaqtda Nukus tumanidan Mo‘ynoqqa yo‘l oldi.
Ular Mo‘ynoqdagi “Kemalar qabristoniga” va muzeyga Tashrif buyurib, hududdagi ekologik vaziyat bilin bevosita tanishish imkoniga ega bo‘ladi.
– Orolning Qozog‘istondagi qismidan har yili 24 turdagi baliq ovlanadi va qayta ishlanadi, – deydi Orolni qutqarish agentligining Qozog‘istondagi vakolatli vakili Serik Bekmagantov. –Yevropa davlatlari hamda Rossiyaga 7-8 ming tonna baliq mahsulotlari eksport qilinadi. 1970 yillarda Mo‘ynoqdan Qozog‘istonning Orol shahriga kemalarda qatnov amalga oshirilgan. Kelgusida ana shunday davrlar qaytib kelishi uchun hamkorlik qilish uchun yangi taklif bilan keldik.