MEHNAT MIGRANTLARINING HUQUQIY MANFAATLARI KAFOLATLANGAN
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Rossiya Federatsiyasiga ishlash uchun ketayotgan bir guruh mehnat migrantlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatimizda tashqi migratsiya sohasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Tashqi migratsiya, rekruting faoliyati to‘g‘risida yangi qonun loyihalari yaratilmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga davlat tashrifi doirasida «O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Rossiya Federatsiyasi hukumati o‘rtasida Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkiliy jalb etish va ishga qabul qilish to‘g‘risida»gi bitim imzolangan edi. Mazkur bitim Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkiliy jalb etish va ishga qabul qilish bo‘yicha tomonlar hamkorligining tartibi va shartlarini belgilab beradi.
Bitimga asosan Rossiyada mehnat qilayotgan va mehnat qilish istagida bo‘lgan fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyalanadi. Unga ko‘ra, ish beruvchining mehnatkash-migrantlarni tashkiliy jalb etish va ishga qabul qilishda ishtirok etishning majburiy shartlari, ya’ni, zaruriy sanitariya-gigiyena va boshqa me’yorlarga muvofiq yashash joylari va mehnat xavfsizligi ta’minlanadi. Shuningdek, hujjatlarda belgilangan eng kam darajadan kam bo‘lmagan kafolatlangan mehnat haqi beriladi.
– Mehnat faoliyatimizni amalga oshirish uchun Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga ketyapmiz, – deydi jizzaxlik Jasur Yovbosarov. – U yerda bir yillik shartnoma asosida tikuv fabrikasida ishlaymiz. Ish joyimizdagi mehnat qilish va yashash sharoitlari, oylik maoshimiz haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘ldik.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan berilgan ma’lumotlarga asosan, tashqi mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Rossiyaga ketayotgan fuqarolar Rossiyadan kelgan ish beruvchilar bilan bo‘lgan suhbatda saralangan.
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Aziz Abduhakimovning ta’kidlashicha, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida mehnatkash-migrantlar uchun moslashtirish va o‘qitish markazlari ochilishi ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston fuqarolari xorijga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketish oldidan mazkur markazlarda o‘qiydi. Bu yerda ular o‘zlari boradigan mamlakat qonunchiligi, an’analari haqida ma’lumotga ega bo‘ladi. Boradigan mamlakat tilida so‘zlashish va mehnat vazifalarini bajarishni yetarli darajada o‘rganadi, shartnoma bo‘yicha ishga joylashadigan korxonalarda texnika xavfsizligi hamda mehnatni muhofaza qilish qoidalarini o‘zlashtiradi, tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
Tadbirda vaqtinchalik mehnatga jalb qilinganlarga maxsus sertifikatlar topshirildi.
O’zA