MEHNAT VAZIRLIGI VA JICA AGENTLIGI HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRISH MASALALARINI MUHOKAMA QILDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O’zbekiston mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri Aziz Abduxakimov Yaponiyaning JICA agentligi vakolatxonasi rahbari Fushimi Katsitoshi bilan uchrashdi.
Yapon tomonidan o’tkazish tashabbusi bildirilgan uchrashuvda O’zbekiston mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va JICA o’rtasidagi hamkorlikning kelgusidagi istiqbollari, shuningdek, “Muruvvat” uy-internatlari xodimlari uchun seminarlar davrasini tashkil etish muhokama qilindi.
Suhbat davomida Abduxakimov agentlik vakillariga vazirlik tarkibiga kiruvchi tibbiy-ijtimoiy muassasalar, ularning mavqei, g’amxo’rlik ko’rsatiluvchilar kontingenti, ko’rsatilayotgan ijtimoiy va tibbiy xizmatlar haqida so’zlab berdi. “Muruvvat” uy-internatlari va “Sahovat” pansionatlaridagi g’amxo’rlikdagi odamlarning ijtimoiy himoyasi mamlakat hukumatining sinchkov e’tiborida ekanligi ta’kidlab o’tildi.
Oxirgi yillarda bunday muassasalarda katta hajmdagi joriy va kapital ta’mirlash amalga oshirildi, ba’zilarida zaruriy asbob-uskunalar bilan jihozlangan va bunday muassasalarga qo’yiladigan talablar asosida qurilgan yangi korpuslar barpo etildi.
Katsitoshi o’z navbatida O’zbekistonda aholini, jumladan nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish masalalariga katta e’tibor ko’rsatilayotganidan hayratda ekanligini aytdi. Katsitoshi seminar masalalariga to’xtalarkan, agentlik seminarlar davrasini o’ztkazishga qiziqish bildirishi va vazirlikning bu masalaga qiziqish bildirishi vaziyatida seminarlarni tashkil qilishga tayyorligini bildirdi.
Abduxakimov vazirlik hamkorlik qilishga doimo tayyorligini va seminarda vazirlik tibbiy-ijtimoiy muassasalari xodimlarining ishtiroki uchun tegishli tashkilotchilikni ta’minlashini ta’kidlab o’tdi.
Tomonlar bu yo’nalishda suhbatni davom ettirishga kelishib oldilar.