Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Mehnatdan baxt topayotgan yoshlar

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Mehnatdan baxt topayotgan yoshlar

O‘tgan yili Yakkasaroy yengil sanoat kasb-hunar kollejini bitirgan Gulnoza Nishonova o‘z mutaxassisligi bo‘yicha “Zeta Teks” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga ishga joylashdi. U o‘qish davomida amaliyotni shu korxonada o‘tagani bois ishni oson o‘zlashtirdi. Ayni paytda u eng faol ishchilardan.

– Birinchi maoshimga ota-onam uchun sovg‘alar oldim, – deydi Gulnoza. – Onamning qilgan duolari menga kuch berdi. Qisqa vaqtda o‘z ishimning sirlarini o‘rganishga harakat qilib, jamiyatimiz ravnaqiga hissa qo‘shib kelayotganimdan mamnunman.

Oilalardagi farovonlik, yurtdoshlarimizning hayotga bo‘lgan munosabati va jamiyatimiz barqarorligi avvalo aholi, jumladan, yoshlar bandligi ta’minlangani, har kim o‘z mehnatiga yarasha rag‘bat olayotganiga bog‘liq. Mamlakatimizda ishlab chiqarish salohiyati ortib, ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratilayotgani yoshlarni ish bilan ta’minlash imkonini bermoqda.

Yakkasaroy yengil sanoat kasb-hunar kollejida yoshlar tikuv va tikuv-trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi, keng assortimentdagi kiyimlarni loyihalash va modellashtirish kabi yo‘nalishlarda tahsil oladi.

– 2013-2014 o‘quv yilida kollejimizni 279 yosh mutaxassis bitirdi, ulardan 203 nafari ishga joylashdi, – deydi mazkur bilim maskani direktorining o‘rinbosari Nargiza Abduqodirova. – Bugun ta’lim va amaliyotning uzviy olib borilayotgani zamonaviy bilim va ishlab chiqarish ko‘nikmasiga ega yosh mutaxassislar safi kengayishiga xizmat qilmoqda.

Ushbu kollejda yettita ishlab chiqarish ustaxonasi mavjud bo‘lib, uch xildagi tikuv mashinalari bilan jihozlangan. Bu o‘quvchilarning dars jarayonida ishlab chiqarish ko‘nikmasini egallashiga ko‘maklashmoqda.

Muassasa “Zeta Teks”, “Alkim Tekstil”, “Konteks Tashkent”, “Sharq liboslari” dizayn markazi kabi korxona va tashkilotlar bilan shartnoma imzolagan. Ikkinchi-uchinchi bosqich o‘quvchilari ishlab chiqarish amaliyotini ana shu korxonalarda o‘tamoqda. Tuzilgan uch tomonlama shartnomalarga muvofiq yoshlarning ish bilan ta’minlanishi nazoratga olingan.

Korxonalar eshigi yoshlar uchun doimo ochiqligi ham korxona, ham kollej, ham o‘quvchi uchun foydali. Asosan bolalar kiyimlari tikiladigan “Zeta Teks” korxonasida ayni kunda qirq beshga yaqin yosh mehnat qilmoqda.

– Xodimlarimiz asosan qizlardan iborat, – deydi korxona ishchisi Zebo Norova. – Kasb-hunar kollejini bitirib ishga kelayotgan qizlarning bilim va mahorati ishlab chiqarish sur’ati va sifatini oshirishga xizmat qilayotir.

www.uza.uz