Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

MEVA-SABZAVOT YETISHTIRISH KO‘PAYMOQDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
MEVA-SABZAVOT YETISHTIRISH KO‘PAYMOQDA

Serquyosh yurtimizda yetishtirilgan meva-sabzavot, poliz mahsulotlari mazasi va foydali elementlarga boyligi bilan xorijliklarda ham katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Xalqaro ekspertlar fikricha, O‘zbekistonda yetishtirilgan bog‘ va poliz mahsulotlari bebaho iste’mol xususiyati, ya’ni tarkibida tabiiy shakar, amino hamda organik kislotalar, salomatlik uchun muhim bo‘lgan mikroelementlar va oziq-ovqat ratsionida o‘rnini almashtirib bo‘lmaydigan turli biologik moddalarga boyligi bilan ajralib turadi. Bugungi kunda O‘zbekiston dunyoning 80 davlatiga 180 dan ortiq turdagi meva-sabzavot va qayta ishlangan tayyor mahsulotlarni eksport qilmoqda. O‘rik, olxo‘ri, uzum, yong‘oq, karam va boshqa mahsulotlar yetkazib berish bo‘yicha jahondagi o‘nta yetakchi davlat qatorida turadi.

Prezidentimizning shu yil 12-apreldagi “Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori sohadagi islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilmoqda.

Farg‘ona viloyatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi tobora ortmoqda. Aholini yil davomida meva-sabzavot bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida zamonaviy texnologiya asosida issiqxonalar tashkil etish, bog‘ va tokzorlarni kengaytirish, yetishtirilgan hosilni kuz-qish davrida saqlash uchun omborxonalar qurishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, joriy yilda viloyatda 1 million 947 ming tonna meva-sabzavot, poliz, kartoshka va uzum yetishtirish rejalashtirilgan. Uning 300 ming tonnasi eksport qilinadi. Investitsiya dasturi doirasida 16,8 ming tonna sig‘imli meva-sabzavotlar saqlashga ixtisoslashgan yangi muzlatgichli omborxonalar qurilmoqda. Bu hududdagi omborxonalar hajmini qariyb 70 ming tonnaga yetkazish imkonini beradi.

Chet el investitsiyasi ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan 12 agrosanoat korxonasi qayta ishlangan sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xorijga sotmoqda.

– Tashqi bozordagi talab va ehtiyojni o‘rgangan holda ish boshlagan 17 agrofirma faoliyatini samarali tashkil etish, shu orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini ko‘paytirish asosiy maqsadlarimizdan biridir, – deydi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzuridagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi Farg‘ona filiali direktori Shokirjon Ahmedov. – Fermer xo‘jaliklari va agrofirmalar rahbarlarini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, ularni saqlash, qayta ishlash va eksport qilish masalalarida xorijiy davlatlarda malaka oshirish, xalqaro yarmarkalarda ishtirok etishini ta’minlash ham doimiy e’tiborda.

Zamonaviy taraqqiyot mezonlari asosida tashqi bozorni o‘rganish, xalqaro ko‘rgazmalarda qatnashish, sertifikat va litsenziyalar olish kabi yo‘nalishlarda ham fermer xo‘jaliklari tajribasi ortib bormoqda.

Oltiariq tumanidagi “Xayrullo Bahrom Boymatov” fermer xo‘jaligi rahbari Isoqjon Boymatov Germaniyada o‘tkazilgan “Yashil hafta – 2016” xalqaro ko‘rgazma yarmarkasida ishtirok etdi. Jahon bozorida xaridorgir uzum navlarini yetishtirish, hosilni yangi mavsumgacha zamonaviy muzlatgichli omborxonalarda saqlash borasida katta tajribaga ega fermer yarmarka doirasida yangi hamkorlar topdi.

– Qishloq xo‘jaligi, bog‘dorchilik bo‘yicha yarmarka ishtirokchilari bilan o‘zaro tajriba almashdim, – deydi fermer Isoqjon Boymatov. – Yaqin kelajakda tumanimizda yetishtirilayotgan o‘nlab turdagi uzumlarni Yevropa davlatlariga eksport qilishni boshlaymiz. Bu borada dastlabki shartnomalar imzolandi.

Paxta va boshoqli don ekin maydonlarining qisqartirilishi, ularning o‘rniga sabzavot, poliz va kartoshka ekinlari ekilishi jahonda davom etayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida ichki iste’mol bozorini yil davomida oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror to‘ldirish, ayniqsa, qish-bahor mavsumida meva-sabzavot serob bo‘lishiga mustahkam poydevor yaratmoqda.

Mamlakatimizdagi qayta ishlash korxonalariga xomashyo resurslarini muntazam yetkazib berish, tashqi bozorda xaridorgir va raqobatbardosh bo‘lgan meva-sabzavot va ularni qayta ishlash asosida tayyorlangan tovarlarni eksport qilish hajmi va turini kengaytirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash, saqlash va xarid qilish bo‘yicha yagona tizimni shakllantirish maqsadlari ko‘zlangan mazkur qarorga ko‘ra, endilikda meva-sabzavot davlat buyurtmasi bo‘yicha, fermer va dehqon xo‘jaliklari bilan kelishilgan holda, bozor narxlarida xarid qilinadi. Bu sohada samaradorlikni yanada oshirish, aholi turmush farovonligini yuksaltirishga xizmat qiladi.

WWW.UZA.UZ