Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

"MIKROKREDITBANK" ATB TOMONIDAN JORIY YIL BOSHIDAN BUYON 17 MING 179 NAFAR FUQAROGA 110,1 MILLIARD SO’M IMTIYOZLI KREDIT MABLAG’LARI AJRATILDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
"MIKROKREDITBANK" ATB TOMONIDAN JORIY YIL BOSHIDAN BUYON 17 MING 179 NAFAR FUQAROGA 110,1 MILLIARD SO'M IMTIYOZLI KREDIT MABLAG'LARI AJRATILDI

Bugun tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo’lgan fuqarolarga katta imkoniyat va qulay sharoitlar yaratilmoqda. Bunda mamlakatimiz moliya muassasalarining o’rni muhim ahamiyat kasb etayapti.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning banklar «Bundan keyin o’z ish uslublarini tubdan o’zgartirishi shart» mazumunidagi tanqidiy fikrlari moliya muassasalari zammasiga aniq vazifalarni qo’ydi. Respublika Markaziy banki tashabbusi bilan “Mikrokreditbank” ATB da bo’lib o’tgan press anjuman ham "Maqsadimiz har bir oilada tadbirkor bo’lsin!" mavzuiga bag’ishlandi.

Xalqimiz bugun izchil va barqaror rivojlanayotgan, erkin va farovon, demokratik davlatni barpo etish yo’lini, avvalo, o’zi va oilasi uchun yanada barqaror va to’kin hayotga erishishning mustahkam zamini sifatida teran angladi. Ertangi kuni bugundan-da ziyoda bo’lishiga ishondi va shu ulug’ maqsad yo’lida tinim bilmay mehnat qilmoqda. Anjumanda “Mikrokreditbank” ATB Boshqaruv raisi o’rnbosarining ta’kidlaganidek, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 5-oktabrdagi «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida» gi farmoni esa bunda yangi bosqichni, yangi imkoniyatlar eshigini ochib berdi. Prezident tomonidan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo’yicha ham mamlakatimiz moliya muassasalari tizimida "Aholini tadbirkorlikka jalb qilish" dasturi ishlab chiqildi. Press anjumanda berilgan ma’lumotlarga ko’ra aynan axolini tadbirkor qilish dasturi doirasida “Mikrokreditbank” ATB tomonidan 428 ta aholi punktlarida istiqomat qilayotgan 706 ming 700 ta xonadon egalarini tadbirkorlikka jalb kilish bo’yicha keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda.

"Mikrokreditbank" ATB tomonidan joriy yil boshidan buyon 17 ming 179 nafar fuqaroga 110,1 milliard so’m imtiyozli kredit mablag’lari ajratildi - O’zbekiston yangiliklariAlisher Suyumov “Mikrokreditbank” ATB jismoniy shaxslarni kreditlash departamenti rahbari UzReport AA muhbiriga bergan intervyusida shunday dedi:

Jumladan, joriy yil boshidan buyon bank xodimlari 580 mingta xonadon egalari bilan suhbat o’tkazdi. Ularning 56,3 mingtasi tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish istagini bildirdi. Shuningdek, kredit mablag’lariga ehtiyoji mavjud bo’lgan 17 ming 179 ta fuqaroga 110,1 milliard so’m imtiyozli kredit mablag’lari ajratilib, 17 mingdan ortiq yangi ish o’rinlari tashkil etildi.

Qolaversa, joriy yilda “Mikrokreditbank” ATB tomonidan 140 ming xonadonga tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’yishlari uchun 570 milliard so’mdan ortiq imtiyozli kredit mablag’lari ajratish ko’zda tutilgan bo’lib, xozirda bu yo’nalishda aniq chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Shuningdek, ma’ruzalar davomida bank xodimlari nafaqat jismoniy shaxslarga taqdim etilayotagan kreditlar balki yuridik shaxslar ya’ni kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan kreditlar bo’yicha ham ma’lumotlar berib o’tishdi. Ochiq muloqot shaklidagi savol- javoblarga boy bo’lgan anjuman davomida mas’ul xodimlar joriy yilga oid kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash bo’yicha ham umumiy statistikani taqdim etishdi.

Farhod Alimjonov “Mikrokreditbank” ATB kreditlash departamenti bo’limi boshlig’i UzReport AA muhbiriga bergan intervyusida shunday dedi:

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo’llab-quvvatlashga 2017 yil davomida 1,3 trillion so’m, shundan 520 milliard so’m miqdorida mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatish, kasb-hunar kollej bitiruvchilariga 75 milliard so’m, tadbirkor ayollarga 140,4 milliard so’m, xizmat ko’rsatish va servis sohasini yanada rivojlantirish uchun 160,6 milliard so’m miqdoridagi kreditlar ajratish rejalashtirilgan.

Aslida ham yo’qdan bor qiladigan, birni o’nga aylantirishda ko’maklashadigan vositachi bu – banklardir. Ular tadbirkorlikka qiziqqan insonlarga aniq hayotiy maqsad, nurafshon manzil, farovon turmush qurishda qo’shimcha sarmoyaga ega bo’lish kabi muhim jixatlarda munosib yelkadosh bo’ladi.

UzReport