Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

MILLATLARARO TOTUVLIK – BEBAHO NE’MAT

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
MILLATLARARO TOTUVLIK – BEBAHO NE'MAT

Shu kunlarda yurtimizning barcha hududida mustaqilligimizning 24-yilligini munosib kutib olishga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda. Prezidentimiz Islom Karimovning shu yil 17-iyulda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma to‘rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi ham ko‘p millatli yurtimizda bayramni ko‘tarinki kayfiyat bilan kutib olish uchun turli tadbirlar uyushtirmoqda. Zero, partiya saylovoldi dasturida millatlararo totuvlik, do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilgan.

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi siyosiy kengashi va partiyaning Toshkent shahar kengashi Respublika Baynalmilal madaniyat markazi bilan hamkorlikda “Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim – O‘zbekistonim!” shiori ostida o‘tkazgan “Tinchlik va osoyishtalik, millatlararo totuvlik – bebaho ne’mat” deb nomlangan madaniy-ma’rifiy tadbirda shular xususida so‘z yuritildi.

O‘zbekiston “Adolat” SDP siyosiy kengashi raisi N.Umarov, Respublika Baynalmilal madaniyat markazi rahbari N.Muhammadiyev va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik va hamjihatlik kabi milliy va umuminsoniy tamoyillar asosiy mezon bo‘lib xizmat qilayotganini ta’kidladi.

Bosh qomusimizda mamlakatimizda barcha fuqarolar jinsi, irqi, millati, tili, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, bir xil huquq va erkinlikka ega ekani belgilangan. Bu turli millat va elat vakillarining shu yurtning teng huquqli farzandi sifatida yashab mehnat qilishida, xalqimiz farovonligi va Vatanimizning taraqqiyotini ta’minlashga hissa qo‘shishida muhim omil bo‘layotir.

Tadbirda yurtimizda faoliyat yuritayotgan milliy madaniyat markazlari vakillari Asosiy qonunimizdagi mazkur tamoyil kundalik hayotimizda o‘z ifodasini topayotgani, mamlakatimizda barcha millat va elat vakillarining ta’lim-tarbiya olishi, mehnat qilishi, munosib turmush kechirishi, milliy an’ana va urf-odatlarini rivojlantirishi uchun barcha shart-sharoit yaratilganini qayd etdi.

– O‘zbekiston jannatmonand diyor, – deydi O‘zbekistondagi ozarbayjon milliy madaniyat markazi rahbari o‘rinbosari Ferdusi Guseinov. – Uning nonini, suvini totgan inson bu yerga, albatta, mehr qo‘yadi. Bu yerda istiqomat qilayotgan ozarbayjon millatiga mansub aholi ham yurtimizda yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib, baxtli hayot kechirmoqda. Buning uchun Prezidentimizdan behad minnatdormiz.
Tadbir davomida turli millat vakillarining badiiy chiqishlari namoyish etildi.

WWW.UZA.UZ