MILLIY AMALIYOT, XALQARO TAJRIBA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Samarqandda fan, ta’lim, madaniyat va biznes sohalarida axborot-kutubxona resurslaridan foydalanish mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tashabbusi bilan ta’lim muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va foydalanuvchilarga elektron kutubxona xizmatlari ko‘rsatishni yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan anjumanda mamlakatimiz vakillari bilan birga, o‘ndan ortiq xorijiy davlatlardan soha mutaxassislari, ekspertlar ishtirok etdi.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori A.Xo‘jayev, Chexiya milliy kutubxonasi rahbari K.Adolf, Janubiy Koreya kutubxonasi departamenti raisi Kim Sung I va boshqalar Prezident Islom Karimov rahnamoligida aholi, ayniqsa, yosh avlodning intellektual ehtiyojini qondirish, o‘zbek xalqining madaniy, ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlarini asrab-avaylashga qaratilgan yangi axborot-resurs markazlarini tashkil etish, mavjudlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida izchil islohotlar amalga oshirilayotgani va u yuksak samara berayotganini ta’kidladi.
Mamlakatimizda aholiga axborot xizmati ko‘rsatishni kengaytirish va yaxshilashga ko‘maklashadigan ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda yangi dasturiy mahsulotlarni joriy etish, sohada xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda.
Konferensiyada elektron kutubxonaning ta’limni rivojlantirishdagi ahamiyati, axborotlashgan jamiyatda shaxs tarbiyasi, yig‘ma elektron kataloglarni yaratishda ilg‘or kutubxonalar tajribasiga oid ma’ruzalar tinglandi. Xorijlik ekspertlar tomonidan mamlakatimizning barcha hududlaridan kelgan kutubxonachi-mutaxassislar uchun seminar-treninglar tashkil etildi.
Axborot-kutubxonalar va axborot-resurs markazlari ishini takomillashtirish, huquqiy faoliyatini yanada yaxshilash, elektron kutubxonalar tashkil etish va yagona integrallashgan axborot-kutubxona tizimini yaratishga oid masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Ishtirokchilar viloyat axborot-kutubxona markazi va bir qator axborot-resurs markazlari faoliyati bilan tanishdi.