Birinchi slide Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

MILLIY ARMIYAMIZNI YANADA TAKOMILLASHTIRISH VA RIVOJLANTIRISH – USTUVOR VAZIFAMIZDIR

2017 - Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili 2017 - Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi - 2016 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi - 2016 O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 26 yilligi O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 26 yilligi Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar Press-relizlar Press-relizlar O`zbеkistоning IHT TIVKga raisligi O`zbеkistоning IHT TIVKga raisligi BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik "Sharq taronalari" xalqaro festivali "Sharq taronalari" xalqaro festivali Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O‘zbekiston Xalqaro Paxta Yarmarkasi O‘zbekiston Xalqaro Paxta Yarmarkasi Sayyohlik Sayyohlik Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
hamma resurslarni ko'rsatish
MILLIY ARMIYAMIZNI YANADA TAKOMILLASHTIRISH VA RIVOJLANTIRISH – USTUVOR VAZIFAMIZDIR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 28-avgust kuni Samarqandda sayyor videoselektor yig‘ilish bo‘ldi. U mamlakatimiz Qurolli Kuchlarida amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari va bu boradagi dolzarb vazifalar ijrosiga bag‘ishlandi.

Yig‘ilishda Hukumat a’zolari, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, videoselektor orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari ishtirok etdi.

Mustaqillik yillarida Vatanimizning nafaqat bugungi taraqqiyoti, balki kelajakdagi rivojlanish talablariga ham javob beradigan, mutlaqo yangi Milliy xavfsizlik konsepsiyasi va Mudofaa doktrinasi ishlab chiqildi.

Ta’kidlash lozimki, keyingi besh yilga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasida belgilangan aniq vazifa va yo‘nalishlar yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni, barqaror taraqqiyot va millatlararo totuvlikni saqlash, milliy armiyamizni yanada rivojlantirish va takomillashtirish, mamlakatimizning konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilish borasida puxta o‘ylangan va izchil sa’y-harakatlarni amalga oshirishda asosiy omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-yanvardagi qarorida va 26-yanvar kuni Prezidentimiz raisligida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida o‘tgan yig‘ilishda qabul qilingan hujjatlarda milliy armiyamizni har tomonlama rivojlantirish va mustahkamlash bo‘yicha aniq vazifalar, ularni ijro etish uchun mas’ul rahbarlar va muddatlar aniq-ravshan ko‘rsatib berilgan edi.

Bugun “Kattaqo‘rg‘on” poligonida o‘tkazilgan harbiy o‘quv mashqlari muvaffaqiyatli yakunlandi, dedi yig‘ilishda Prezidentimiz. Unda Mudofaa vazirligi bo‘linmalari mamlakatimiz xavfsizligi va hududiy yaxlitligini himoya qilish bo‘yicha zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish borasida yetarlicha salohiyatga ega ekanini ko‘rsatdi. Shuningdek, Qurolli Kuchlarimizning jangovar tayyorgarligi va imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha muayyan ijobiy natijalarga erishganimiz ham yaqqol namoyon bo‘ldi. Bugungi imkoniyatdan foydalanib, barchangizga, butun xalqimizga bizning Mudofaa doktrinamiz ochiq va oshkoralik xususiyatiga ega ekanini ta’kidlamoqchiman. Biz shu tariqa xorijiy davlatlar bilan harbiy-siyosiy munosabatlar, xavfsizlik va mudofaa sohasidagi o‘zaro hamkorligimizning samaradorligini oshirishga erishamiz, deb ishonaman, dedi davlatimiz rahbari.

O‘tgan qisqa vaqt ichida Qurolli Kuchlarimizning tashkiliy tuzilishi borasidagi tizimni takomillashtirish bo‘yicha ham qator ishlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, Qurolli Kuchlar faoliyat ko‘rsatadigan sohalarga bevosita taalluqli bo‘lgan turli masalalar bo‘yicha xalq bilan hamkorlik qilishning mutlaqo yangi tizimi joriy etildi.

Milliy armiyamizning jangovar tayyorgarlik darajasi, mamlakatimiz xavfsizligiga raxna soladigan har qanday tahdidlarga qarshi tura olish qudrati uning zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnika bilan qanchalik ta’minlangani bilan bevosita bog‘liq ekani davlatimiz rahbari tomonidan alohida ta’kidlandi.

Jahon miqyosida vaziyat tez o‘zgarib turgan hozirgi kunda mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni, barqaror taraqqiyotni yanada mustahkamlash asosiy vazifalarimizdandir.

Yig‘ilishda erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda sohada mavjud kamchilik va muammolar ham chuqur tahlil qilindi. Shavkat Mirziyoyev bu borada fikr yuritar ekan, ushbu soha faoliyatida uzviylik yetishmayotgani, tizimli yondashuvning yo‘qligi, ko‘plab vazifalar bir-biridan ajratilgan holda, alohida-alohida hal etilayotganini qoniqarli, deb bo‘lmaydi, dedi.

Shuningdek, ushbu yig‘ilishda Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida jangovar tayyorgarlik va shaylikni oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ham tanqidiy tahlil qilindi.

Belgilangan strategik maqsadlarimizga erishish va ularni hayotga to‘liq tatbiq etishda har tomonlama puxta tayyorgarlikka ega, o‘z Vataniga sodiq, yuqori malakali harbiy kadrlarni tayyorlash va ularning ijtimoiy himoyasini davlat tomonidan kafolatlash kabi vazifalarni amalga oshirish hal qiluvchi va asosiy omil sanaladi, dedi Prezidentimiz.

Ayni paytda mamlakatimizdagi barcha ta’lim muassasalarida vatanparvarlik tarbiyasi bo‘yicha tegishli fanlar va mashg‘ulotlar joriy etish hamda ularni kuchaytirish borasida amaliy ishlar boshlangan.

Bugungi kunda mamlakatimizning oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun yoshlarni bosqichma-bosqich va maqsadli tayyorlash bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar yuklangan litsey va kollejlar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha dastlabki qadamlar qo‘yildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari ana shu litsey va kollejlarni shaxsan o‘zi nazoratga olishi zarurligi ta’kidlandi.

Ayrim oliy harbiy ta’lim muassasalari va serjantlar tayyorlash maktablarida davlat miqyosida belgilab berilayotgan chora-tadbirlar o‘z vaqtida va aniq bajarilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Bu masala bo‘yicha tuzilgan komissiya ayrim harbiy oliy o‘quv muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayoni va kursantlar uchun zarur zamonaviy sharoitlar yaratish borasida qator kamchiliklar mavjudligini aniqladi. Olib borilgan nazorat ishlari natijasida ko‘rsatib o‘tilgan harbiy ta’lim muassasalari rahbarlari va ularning ayrim o‘rinbosarlari lavozimlaridan chetlatildi.

Yig‘ilishda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari, Qurolli Kuchlar faxriylarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish borasida ancha ishlar amalga oshirilgani qayd etildi. Shuni yaxshi tushunib olishimiz kerakki, dedi Shavkat Mirziyoyev, xizmatga yoki zimmasiga yuklangan jangovar topshiriqni bajarishga ketayotgan harbiy xizmatchining xotirjamligi aynan shu masalaga bog‘liq. U oilasi davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy muhofazada ekaniga to‘la ishonch hosil qilishi kerak.

Zamonaviy talab va standartlarga javob beradigan yangi turar-joy binolari barpo etish va harbiylarimiz uzoq muddatli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartira sotib olishini ko‘zda tutadigan Harbiy xizmatchilar uchun har yili ko‘p qavatli turar-joy binolari qurish dasturi tasdiqlandi. Dasturga muvofiq, joriy yilning o‘zida 1 ming 224 harbiy xizmatchining oilasi uchun 56 ta turar-joy binosi qurilishi mo‘ljallangan.

Ushbu vazifaning mazmun-mohiyati va naqadar muhim ekanini barcha hududlar rahbarlari ham birdek tushunib yetmagani, oqibatda loyiha ijrosini bajarishda belgilangan muddatlarga rioya qilinmayotgani tanqid qilindi.

Harbiy xizmatchilar va ularning oilalariga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish hukumat va mahalliy davlat hokimiyati organlarining eng muhim vazifalaridan biridir, deb ta’kidladi Prezidentimiz. Ko‘hna bir haqiqatni hech qachon esdan chiqarmasligimiz kerak – kimki o‘z armiyasini boqishni istamasa, boshqalarning armiyasini boqadi.

Armiyada mardlik va matonat maktabini o‘tagan yoshlar jonajon Vatanimizni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ruhidagi reja va dasturlarni bajarishda asosiy kuch bo‘lib maydonga chiqmoqda. Ular milliy istiqlol g‘oyasi va vatanparvarlik hissi, mamlakatimizning taqdiri va kelajagi uchun yuksak mas’uliyat tuyg‘usini keng targ‘ib etishda eng faol fuqarolar bo‘lib yetishmoqda va shunday bo‘lishi shart.

Armiya maktabini o‘tagan yoshlar bilan uzluksiz aloqani yo‘lga qo‘yish maqsadida muddatli xizmatdan qaytgan fuqarolarni ishga joylashtirish va ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha zarur ishlar olib borilayotir.

Biz avvalambor kelajak uchun, mamlakatimizni rivojlantirish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish bo‘yicha boshlagan ezgu ishlarimizni ertaga davom ettiradigan farzandlarimiz, ularning baxt-saodati uchun ishlayapmiz. Hammamiz bu masalaning mazmun-mohiyatini teran anglashimiz, chuqur idrok etishimiz kerak, dedi davlatimiz rahbari.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Mudofaa va xavfsizlik bo‘yicha qo‘mitalari, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi Qurolli Kuchlar bilan faol hamkorlik qilmoqda.

Yaqinda Prezidentimizning Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi faoliyatini takomillashtirish va imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzurida Jamoatchilik kengashining hududiy bo‘linmalari tashkil etildi.

Yig‘ilishda g‘oyaviy-badiiy saviyasi yetuk, zamonaviy talablarga javob beradigan harbiy-vatanparvarlik ruhidagi badiiy va musiqiy asarlar, harbiy, tarixiy mavzudagi kinofilmlar yaratishda faollik yetishmasligi qayd etildi. Bu yo‘nalishda nafaqat Jamoatchilik kengashi, balki mamlakatimiz ijodkor ziyolilari, yetakchi adabiyot va san’at arboblari, yangidan tuzilgan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi birgalikda samarali faoliyat olib borishi kerakligi ta’kidlandi.

Bunday hamkorlik madaniy dam olish tadbirlari, ma’naviy-ma’rifiy kechalar, davra suhbatlari, sport bayramlari, harbiylarning hayoti va kundalik turmushi bilan yaqindan tanishish maqsadida ota-onalar bilan birga yoshlarning harbiy qismlarda bo‘lishi va boshqa amaliy ishlarni qamrab olishi mumkin.

Bizning eng oliy maqsad-muddaolarimizni ifoda etadigan bunday tadbirlar yoshlarimizda el-yurt taqdiriga daxldorlik, buyuk Sohibqiron, yengilmas sarkarda Amir Temur bobomiz an’analariga munosib bo‘lish tuyg‘usini kuchaytirmog‘i darkor, dedi Shavkat Mirziyoyev. Biz harbiy ta’lim muassasalarimizni “Temurbeklar maktabi” deb ataganimizda chuqur ma’no bor. Buni har birimiz teran anglab, tushunib yetmog‘imiz zarur. Shu nuqtai nazardan qaraganda, milliy armiyamiz va xalqimizning o‘zaro hamkorligini yanada mustahkamlashimiz lozimligini ta’kidlab aytmoqchiman.

Prezidentimiz Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilgan sana va Vatan himoyachilari kunini odatdagi tayyor qoliplar bo‘yicha emas, mutlaqo yangicha yondashuv asosida, umumxalq bayrami sifatida keng nishonlash zarurligiga e’tibor qaratdi.

Yig‘ilishda mutasaddi rahbarlarning tegishli soha va tarmoqlarda olib borilayotgan ishlar bo‘yicha axboroti tinglandi. Oldinda turgan qator dolzarb vazifalar va ularni bajarish yo‘llari belgilab olindi.

O’zA