MILLIY AXBOROT-KUTUBXONA HAFTALIGI BOSHLANDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasida “Infolib - 2015” IV milliy axborot-kutubxona haftaligi boshlandi. Shu munosabat bilan o’tkazilgan tadbirda so’zga chiqqanlar mamlakatimizda yosh avlod bilimini boyitish, dunyoqarashini kengaytirish, ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun barcha shart-sharoit yaratilganini ta’kidlashdi.
An’anaviy milliy axborot-kutubxona haftaligi ham aholi o’rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid ko’nikmalarini yanada mustahkamlash, mazkur ma’rifat maskanida kitobxonlar uchun yaratilgan imkoniyat va qulayliklardan hamyurtlarimizni xabardor etishga qaratilganligi bilan alohida ahamiyatga egadir.
“Infolib - 2015” haftaligi “Ochiq eshiklar kuni”, “Mutaxassis kuni”, “Ijod kuni”, “Xorijiy tillar kuni”, “Madaniyatlar xilma-xilligi kuni” singari muayyan mavzularni o’z ichiga oladi. Tadbir davomida yozuvchi va shoirlar, musavvirlar, rejissyorlar, yoshlar hamda jamoat tashkilotlari vakillari, shuningdek, bir qator xalqaro tanlovlar g’oliblari bilan uchrashuvlar o’tkazish ham rejalashtirilgan.
— “Infolib - 2015” haftaligi faoliyatimiz samaradorligini oshirishda alohida o’rin tutadi, - deydi Qoraqalpog’iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi axborot-resurs markazi direktori Zulfiya Saytniyazova. - Yaqinda markazimiz uchun yangi bino qurib berildi. Unda o’quv zallari, kompyuter, multimedia xonasi, majlislar zali va boshqa bir qator qulayliklar yaratilgan. Bu mamlakatimizda ma’naviyat rivoji uchun davlatimiz tomonidan naqadar yuksak e’tibor qaratilayotganining amaldagi yana bir ifodasidir.
Milliy axborot-kutubxona haftaligining dastlabki kunida “Betgerov o’quvlari - 2015”: foydalanuvchilarning axborot madaniyati va mediasavodxonligini shakllantirishda axborot-kutubxona muassasalarining o’rni” mavzuidagi davra suhbati, Alisher Navoiyning “Xamsat ul-mutahayyiriyn” asari badiiy tarjimasi taqdimoti, kitoblar ko’rgazmalari, axborot-kutubxona mutaxassislari uchun mahorat saboqlari ham bo’lib o’tdi.