MILLIY MA’NAVIYATIMIZ FIDOYISI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov tavalludining 80-yilligiga bag‘ishlangan adabiy kecha bo‘lib o‘tdi.
"Erkin Vohidov ijodi va milliy ma’naviyat" deb nomlangan mazkur tadbirda yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunos olimlar, so‘z san’ati muxlislari, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti rektori A.Marahimov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari, xalq shoiri S.Sayyid, adabiyotshunos olimlar, filologiya fanlari doktorlari H.Boltaboyev, N.Jabborov, shoirning farzandi X.Vohidov va boshqalar Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan boshlab berilgan milliy adabiyotimiz ravnaqi yo‘lida doimiy g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ijod ahlining samarali mehnat qilishi uchun zarur barcha sharoit va imkoniyatlarni yaratish borasidagi ezgu sa’y-harakatlar bugungi kunda ham ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning uzviy qismiga aylanganini ta’kidladi.
Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 7-dekabrdagi "O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80-yilligini nishonlash to‘g‘risida"gi qarori zabardast shoirimizning boy ijodiy merosini o‘rganish, uning navqiron avlodni vatanparvarlik, fidoyilik, halollik ruhida tarbiyalashdagi o‘rni va ta’sirini kengroq targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Xalqimizning suyukli shoiri Erkin Vohidovning maftunkor, teran falsafiy mazmun-mohiyatga ega, milliy ruh bilan yo‘g‘rilgan she’riyati kirib bormagan xonadon topilmasa kerak. Uning "Nido", "Palatkada yozilgan doston", "Ruhlar isyoni" kabi dostonlari, "Yoshlik devoni", "Tirik sayyoralar", "Kelajakka maktub" nomli she’riy to‘plamlari xalqchilligi, samimiyati bois kitobxonlarning ko‘ngil mulkiga aylangan.
E.Vohidov ijodiga bag‘ishlangan tadbirning aynan O‘zbekiston Milliy universitetida o‘tkazilgani bejiz emas, albatta. Zero, shoirning ijodiy kamoloti, faoliyati mazkur oliy ta’lim dargohi bilan chambarchas bog‘liq.
– Xalqimizning suyukli shoiri bilan har qancha faxrlansak arziydi, – deydi O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi Ozodjon Quvondiqov. – E.Vohidov aynan universitetimizda tahsil olishi bilan birga shu dargohda ko‘plab shogirdlarining kamol topishiga faol hissa qo‘shdi. Ustoz shoirimizning she’rlari yurtparvarlik, halollik, odamiylik, kamtarlik, mehnatsevarlik fazilatlarini tarannum etgani bilan ham biz uchun g‘oyat qadrlidir.
Tadbirda shoirning ibratli hayot yo‘li, faoliyati, dilbar she’riyati xususida so‘z yuritildi. Uning ibratli fazilatlari bilan bog‘liq yorqin xotiralar yodga olindi. Talabalar tomonidan shoir ijodidan namunalar o‘zbek va ingliz tillarida o‘qib berildi.
O’zA