Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

MILLIY O’ZIGA XOSLIKLAR VA ILG’OR XORIJIY AMALIYOT MUSHTARAKLIGI: O’ZBEKISTONNING FUQAROLIK JAMIYATINI RIVOJLANTIRISH TAJRIBASI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
MILLIY O'ZIGA XOSLIKLAR VA ILG'OR XORIJIY AMALIYOT MUSHTARAKLIGI: O'ZBEKISTONNING FUQAROLIK JAMIYATINI RIVOJLANTIRISH TAJRIBASI

Berlinda “Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda davlat va fuqarolik jamiyati institutlari o’rtasidagi o’zaro hamkorlikning tashkiliy-huquqiy mexanizmlari: O’zbekiston va Germaniya tajribasi” mavzuiga bag’ishlangan davra suhbati bo’lib o’tdi. Unda GFR davlat va jamoat tashkilotlari, siyosiy jamg’armalar, ilmiy-akademik va ekspert doiralari hamda ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirok etdilar.

Tadbir qatnashchilari insonning qonuniy huquq va erkinliklari himoya qilinishida davlatning fuqarolik jamiyati bilan hamkorligi sohasidagi O’zbekiston tajribasi hamda respublikada nodavlat jabha institutlarining me’yoriy-huquqiy, tizimli asoslarini mustahkamlash bo’yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishdilar. Shu o’rinda mamlakatimizda olib borilayotgan demokratik islohotlar doirasida “Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyili izchil hayotga tadbiq etilayotganiga alohida e’tibor qaratildi. Bu ko’pgina masalalarning, birinchi navbatda, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar bilan bog’liq masalalarning hal etilishida davlat tizimlarining rolini bosqichma-bosqich kamaytirishni hamda bu vazifalar jamoat tashkilotlariga berilishini ko’zda tutadi.

Ta’kidlanganidek, 2010-yili O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan “Mamlakatda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi” O’zbekistonning o’rta va uzoq muddatli istiqboldagi rivojlanish strategiyasining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri bo’lib qoladi.

Shuni qayd etish joizki, tadbir mavzusiga doir ma’ruza davra suhbatining qatnashchilarida katta qiziqish uyg’otdi. Ular O’zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini yanada rivojlantirish hamda olib borilayotgan islohotlarning shaffofligi va samaradorligini ta’minlash bo’yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar respublikaning demokratik taraqqiyot tamoyillariga sodiq ekanligini namoyish etishi yuzasidan yakdil fikr bildirdilar.

Berlin Fuqarolik jamiyatini o’rganish instituti direktori Rupert Shtraxvits bugungi kunda dunyoning ko’pgina mamlakatlarida, shu jumladan Germaniyada ham muhim siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarning hal etilishida hamda insonning qonuniy huquq va erkinliklari himoya qilinishida fuqarolik jamiyati institutlari muhim rol o’ynayotganini qayd etdi. Bunda davlat faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratining ta’minlanishi fuqarolik jamiyati institutlarining muhim vazifasi hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, nemis eksperti O’zbekistonda ijro hokimiyati ustidan jamoatchilik nazoratining samarali tizimini shakllantirish yuzasidan olib borilayotgan aniq-ravshan chora-tadbirlarga yuqori baho berdi.

Rupert Shtraxvits mustaqillik yillari davomida mamlakatimizda nodavlat notijorat tashkilotlari sonining o’suvchan ekanligiga e’tibor qaratdi. Bugun respublikada 8 mingdan ziyod nodavlat notijorat tashkilotlari ish olib bormoqda, ularning faoliyati jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olgan. R. Shtraxvitsning aytishicha, bu O’zbekistonning kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari tamoyilini izchil amalga oshirayotganini tasdiqlaydi.

Germaniya korporativ fuqarolik markazining ijrochi direktori Syuzanne Lang fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari bo’yicha mamlakatlarimiz o’rtasidagi o’zaro tajriba almashish har ikki tomon uchun ham amaliy ahamiyatga ega, deb hisoblaydi. Uning fikr bildirishicha, O’zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonlarida nodavlat notijorat tashkilotlarining rolini kuchaytirishga muhim ahamiyat qaratilayotgani alohida e’tiborga sazovor. Shu o’rinda S.Lang biznesning ijtimoiy mas’uliyatini oshirishga fuqarolik jamiyati o’zining salmoqli hissasini qo’shishi lozim ekanligini qayd etdi. Bundan tashqari, ijtimoiy xizmat ko’rsatish, ish bilan ta’minlashga ko’maklashish, fuqarolarning turli tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash va boshqa masalalarda nodavlat institutlarining roli muhimdir.

Fridrix Ebert nomli jamg’armaning Markaziy Osiyodagi mintaqaviy muvofiqlashtiruvchisi Peyer Teshendorf mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish sohasida izchil ishlar hayotga tadbiq etilayotganini e’tirof etdi.

— Davlat tizimlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratining amalga oshirilishida nohukumat tashkilotlarining rolini kuchaytirish davlatning jamiyat bilan samarali o’zaro aloqada bo’lishi mexanizmlarini mustahkamlaydi, - dedi u. - Bizning jamg’armamiz O’zbekistonning fuqarolik jamiyatini shakllantirish bo’yicha sa’y-harakatlarini ijobiy baholaydi. Jamg’armamiz bu jarayonda mahalliy sheriklarimizga bundan keyin ham ko’maklishishga tayyordir.

Brandenburg Texnologiya hamda innovatsiyalarni rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash instituti boshqaruvining raisi Edgar Kloze ham O’zbekistonning nodavlat jabha institutlarini rivojlantirish yuzasidan amalga oshirayotgan sa’y-harakatlariga yuqori baho berdi.

— Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarishda an’anaviy organ bo’lmish mahalla respublikadagi o’ta muhim fuqarolik instituti hisoblanadi, - dedi u. - Men O’zbekistonda bo’lgan chog’larimda mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida fuqarolarning faol qatnashishi ta’minlanishiga, yosh avlodni tarbiyalash va turli ijtimoiy vazifalarning hal etilishiga mahalla sezilarli hissa qo’shayotganining guvohi bo’lganman.

Davra suhbati nihoyasida “Jahon” axborot agentligining muxbiri tadbirning ayrim ishtirokchilari bilan mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy rivojlanishi yuzasidan suhbatlashdi.

— Bugungi davra suhbati juda mazmunli va men uchun nihoyatda qiziqarli bo’ldi, - deydi F.Ebert nomli jamg’armaning Markaziy va Sharqiy Yevropa bo’limi mas’ul xodimi Albrext Koshyutske. - Respublikangizda davlat hokimiyati organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligi mexanizmlari to’g’risida atroflicha ma’lumotlarni olishga muvaffaq bo’ldim.

Shunisi e’tiborga molikki, O’zbekiston fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning o’z yo’liga ega. Unda mamlakatning o’ziga xosliklari hisobga olingan. Respublikadagi fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi - mahalla haqiqatan ham fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirishda amaliy ahamiyatga ega bo’lgan noyob institut hisoblanadi.

— Bo’lib o’tgan munozaralar chog’ida mamlakatingizda fuqarolik jamiyatini yanada mustahkamlash va qo’llab-quvvatlashga yo’naltirilgan salmoqli qonunchilik bazasi yaratilganiga amin bo’ldim, - dedi Germaniya Fuqarolik mas’uliyati federal tarmog’ining eksperti Serdj Embaxer. - Bundan tashqari, respublikada mazkur sohadagi ilg’or xorijiy tajribani o’rganish va qo’llashga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

Davlat ijtimoiy-siyosiy hayotida aholi ishtirokining faollashuvi va kengayishi uchun mamlakatda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi muhim dasturilamal sifatida xizmat qiladi.

— Shunisi ham diqqatga sazovorki, 1991-yili O’zbekistonda bor-yo’g’i 95 ta nodavlat notijorat tashkiloti ro’yxatdan o’tgan bo’lsa, bugungi kunga kelib ularning soni 8 mingdan ziyodni tashkil etmoqda, - dedi “Berliner-City-Report” axborot portalining muxbiri Folker Nif. - Respublikada fuqarolik jamiyati institutlarining faoliyati uchun mustahkam huquqiy zaminni shakllantirish bo’yicha olib borilayotgan izchil ishlar ham e’tiborga molikdir.

Men O’zbekistonda bir necha marotaba bo’lganman. Mamlakatda davlatning demokratlashuvi, insonning huquq va erkinliklari himoya qilinishi sohasida hayotga tadbiq etilayotgan chora-tadbirlarni katta qiziqish bilan kuzatib boraman. Shuningdek, O’zbekistonning jamiyatda ayollar o’rnini mustahkamlash sohasidagi sa’y-harakatlarini ham alohida qayd etishni istar edim. Hozirgi paytda O’zbekiston parlamenti Senati a’zolarining 17 foizi, quyi palata deputatlarining 16 foizi ayollardan iborat ekanligi bu fikrni tasdiqlaydi.

“Jahon” AA, Berlin