Milliy operator faoliyati ko‘lami kengaymoqda
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston mobil aloqa milliy operatori – “UZMOBILE” Toshkent shahri va viloyatida GSM tarmog‘ini ishga tushirdi.
O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri X.Mirzohidov, “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi bosh direktori A.Abdumo‘minov va boshqalar mamlakatimizda aholiga ko‘rsatilayotgan telekommunikatsiya xizmatlarining sifati va ishonchliligini oshirish, ulardan foydalanishni yanada kengaytirishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. Prezidentimizning 2014-yil 12-fevraldagi “Mobil aloqa milliy operatori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ushbu qarorga muvofiq, mobil aloqa milliy operatori uyali aloqa bozorida faol ishtirok etish, uni yanada rivojlantirishni ta’minlash, mamlakatimizda yuqori tezlikda ma’lumotlar uzatishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, axborot xavfsizligini ta’minlash kabi vazifalarni o‘z zimmasiga olgan.
– Mamlakatimizda GSM standartida xizmat ko‘rsatadigan mobil aloqa operatorlari soni to‘rttaga yetdi, – deydi “UZMOBILE” mobil aloqa milliy operatorining savdo xizmati boshlig‘i B.Abduvahobov. – Bugungi kunda ushbu yo‘nalishda raqobat kuchayib borayotgani bois abonentlarni sifatli va arzon xizmatlar bilan ta’minlashga harakat qilamiz.
Ayni paytda Toshkent shahri va viloyatida 40 savdo ofisi ish boshladi. Jismoniy shaxslar va korporativ mijozlar uchun mo‘ljallangan qulay va arzon tarif rejalari ishlab chiqilgan. Abonentlar ovozli va tezligi sekundiga 21 megabitgacha yetadigan ma’lumotlar uzatish xizmatlaridan foydalanishi mumkin.
Ta’kidlash joizki, “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi filiali – “UZMOBILE” CDMA 450 texnologiyasida uyali aloqa xizmatlarini taqdim etish borasida boy tajribaga ega. Ushbu standartdagi tarmoqlar mamlakatimiz hududining 85 foizini qamrab olgan bo‘lib, 160 dan ortiq savdo ofisida mijozlarga xizmat ko‘rsatilmoqda. Bu boradagi ishlar ko‘lami kengayib, “UZMOBILE” GSM tarmoqlarini barpo etish ishlari jadallashmoqda.
2016-2017-yillarda mamlakatimiz bo‘yicha 2G/3G va 4G texnologiyalarini joriy etish orqali tarmoqlarni kengaytirish rejalashtirilgan.