Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

MILLIY TARAQQIYOT STRATEGIYASI ERISHAYOTGAN YUTUQLARIMIZNING MUSTAHKAM POYDEVORIDIR

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
MILLIY TARAQQIYOT STRATEGIYASI ERISHAYOTGAN YUTUQLARIMIZNING MUSTAHKAM POYDEVORIDIR

Davlatimiz rahbarining O’zbekiston xalqiga yo’llagan Yangi yil tabrigida alohida ta’kidlanganidek, keyingi 11 yil davomida mamlakatimiz iqtisodiyoti jahondagi kamdan-kam davlatlar qatorida barqaror sur’atlar bilan rivojlanayotgani, jumladan, 2015 yilda ham yalpi ichki mahsulotimizning o’sishi 8 foizdan kam bo’lmaganining o’zi, haqiqatan ham, tarixiy bir voqyeadir.

Bunday ulkan yutuqlar qo’lga kiritilishida jahonda rivojlanishning “o’zbek modeli” sifatida e’tirof etilgan, chuqur va puxta o’ylangan, tadrijiy taraqqiyot strategiyasining izchil hamda aniq maqsadni ko’zlab amalga oshirilayotgani muhim omil bo’ldi. Darhaqiqat, yuqori texnologiyalarga asoslangan zamonaviy korxonalarning ishga tushirilayotgani, iqtisodiyotimizning yetakchi sohalari modernizatsiya qilinib, texnik va texnologik jihatdan yangilanayotgani tufayli nafaqat ichki bozor import o’rnini bosuvchi mahsulotlar bilan to’ldirilayapti, balki eksport salohiyati ortmoqda. Natijada “O’zbekistonda ishlab chiqarilgan” brendi jahonda tobora ommalashib, mahsulotlarimizning raqobatdoshligi ta’minlanayotir.

Iqtisodiyotimizda kuzatilayotgan jiddiy sifat o’zgarishlarini sanoat tarmoqlarida mahalliylashtirish ko’lami kengayib borayotgani misolida ham yaqqol ko’rish mumkin. Zotan, respublikamizda har yili yuzlab turdagi mahsulotlar tayyorlash o’zlashtirilayapti. Bu boradagi ko’rsatkichlar yil sayin oshib borishi, shubhasiz. Davlatimiz rahbarining 2015 yil 11 fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan 2015 — 2019 yillarda tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi bunda dasturilamal bo’lib xizmat qilayapti.

Gap shundaki, mazkur hujjatga muvofiq, umumiy qiymati 5 milliard AQSh dollaridan ortiq bo’lgan 602 ta loyiha amalga oshirilishi belgilangan. Buning evaziga ichki va tashqi bozorda talab yuqori bo’lgan 1225 turdagi yangi mahsulot ishlab chiqarish yo’lga qo’yiladi.

Yurtimiz aholisi hamda sanoat tarmoqlariga yuqori sifatli mahsulotlar yetkazib berilishida Bekobod shahrida faoliyat ko’rsatayotgan “O’zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyatining ham munosib hissasi bor. Respublikamizdagi yirik ishlab chiqarish korxonalaridan biri hisoblangan mazkur kombinatda mavjud sexlarni modernizatsiya qilish, yangilarini ishga tushirishga alohida e’tibor qaratilayotir. Tabiiyki, bu sa’y-harakatlar kutilgan natijalarni berayapti: ish sifati va unumdorligi oshishi barobarida, mahsulot turlari muttasil ravishda ko’paymoqda.

— Hisob-kitoblarga qaraganda, 2015 yil davomida korxonamizda 722 ming tonna prokat mahsulotlari, 950,2 milliard so’mlik tovar mahsulotlari ishlab chiqarildi, — deydi “O’zmetkombinat” AJ bosh iqtisodchisi vazifasini bajaruvchisi Sherzod Turg’unov. — Natijada barcha yo’nalish bo’yicha barqaror o’sish suratlari ta’minlandi. Ishlab chiqarish sexlari Avstriya, Germaniya, Italiya, Shveysariya kabi xorijiy davlatlarning eng zamonaviy uskunalari bilan jihozlangani, yuqori sifatli xom ashyo materiallaridan foydalanilayotgani tufayli sof metall qotishmalar olishga muvaffaq bo’linayapti. U asosida tayyorlangan mahsulotlarga bo’lgan talab esa har doim katta. Shu bois yangi texnologik liniyalarni ishga tushirish bo’yicha chora-tadbirlarga joriy yilda ham ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.

Elektrda po’lat eritish sexi, ta’bir joiz bo’lsa, kombinatning yuragi. Bu yerda yetkazib berilgan xom ashyo — qora metall parchalari va chiqindilari yuqori haroratda quyulmaga aylantiriladi. Keyingi bosqichda ular turli o’lcham va shakldagi po’lat mahsulotlar, sim hamda tikanli simlar, diametri 40 dan 120 millimetrgacha bo’lgan po’lat zoldirlar ko’rinishiga keltiriladi.

Shu bilan birga, korxonada sanoat tarmoqlari uchun mis va latun tasmalar, issiqlik o’tkazmaydigan bazalt materiallari, shuningdek, zamonaviy uy-ro’zg’or buyumlari hamda xo’jalik mollari tayyorlanmoqda. — 2015 yil davomida oltita investitsiyaviy loyiha doirasida 68,6 milliard so’m miqdorida investitsiya o’zlashtirildi, — deydi jamiyatning investitsiya departamenti boshlig’i Narimon Umerov. — Shundan ikkitasi to’liq yakunlangan bo’lsa, qolganlari bo’yicha ishlar davom ettirilayapti. Ferrosilitsiy ishlab chiqarishni tashkil etish shular jumlasiga kiradi. Qiymati 20 million dollarga teng bo’lgan ushbu yirik loyiha 2017 yilda to’liq amalga oshirilishi belgilangan. Ana shunda yiliga 15 ming tonna muhim sanoat xom ashyosi — ferrosilitsiy tayyorlanadi. Buning evaziga nafaqat unga bo’lgan ichki ehtiyoj to’liq ta’minlanadi, balki eksport qilish imkoniyati yuzaga keladi. Eng muhimi, korxonamizning metall mahsulotlar tannarxini arzonlashtirishga muvaffaq bo’lamiz. Xuddi shuningdek, yana bir yirik loyiha sharofati bilan yiliga 3 ming tonna po’lat arqonlar tayyorlashga kirishiladi.

Ta’kidlash kerakki, “O’zmetkombinat” AJ jamoasi Mahalliylashtirish dasturi ijrosi bo’yicha ham muayyan yutuqlarga erishayapti. Birgina 2015 yil davomida to’qqizta ana shunday loyiha ro’yobga chiqarilib, 10,9 milliard so’mlik import o’rnini bosuvchi mahsulotlar tayyorlandi. Qo’lda payvandlash elektrodlari, bir necha turdagi bazalt, yupqa misli folga singari 10 ga yaqin mahsulotlar shular jumlasidandir.

Mutaxassislarning aytishicha, elektrotexnika mis tasmalari tayyorlash mahalliylashtirilgani elektr energetikasi sanoati rivojida muhim rol o’ynamoqda. Buning uchun 2,8 million dollar evaziga Xitoyning “Jiangsu Xingrong High-Tech Co. Ltd” kompaniyasida ishlab chiqarilgan texnologik uskunalar olib kelib o’rnatildi. Ular yordamida ishlab chiqarilayotgan qalinligi 0,03 millimetrdan 4,0 millimetrgacha, eni 10 millimetrdan 440 millimetrgacha bo’lgan mis tasmalar import o’rnini qoplayapti. Dastlab buyurtmachilarga yiliga o’rtacha 3 ming tonna shunday mahsulot yetkazib berilsa, kelgusi yillarda bu ko’rsatkich yanada oshirilishi mo’ljallangan.

— Seximizda metall quyish jarayoni to’liq avtomatlashtirilgan, — deydi O’zbekiston Qahramoni, elektrda po’lat eritish sexining katta po’lat erituvchisi Olim To’ychiyev. — Bu jarayonda uzluksiz po’lat quyish, unga kompleks ishlov berish qurilmalari tubdan rekonstruksiya qilingani, metallga vakuum ostida ishlov berish texnologik qurilmasi o’rnatilgani ayni muddao bo’ldi. Amalga oshirilayotgan bunday texnologik yangilanishlar mahsulot tayyorlash quvvatini yanada oshirish, ishchilarning esa mehnat xavfsizligini ta’minlash imkonini berayapti.

Bugun yurtimizda jamiyat yorlig’i tushirilgan sirlangan ro’zg’or buyumlarini bilmaydigan kishi deyarli qolmadi. Sababi, xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish sexida tayyorlash o’zlashtirilgan choynak, lagan, tog’ora, manti qasqon kabi idishlar yuqori sifati bilan tezda xaridorlarga manzur bo’ldi. Ular bozor talabidan kelib chiqqan holda, bejirim dizayn va turli sig’imda ishlab chiqarilayotgani raqobatdoshligi oshishida muhim omil bo’layotir.

Ayni paytda buyurtmachilarga bunday ro’zg’or buyumlarining 50 ga yaqin xili yetkazib berilayapti. Tayyor mahsulotlar sexning o’zida qadoqlanib, Toshkent, Buxoro, Andijon va Farg’ona viloyatlarida joylashgan o’ndan ortiq savdo do’konlariga peshma-pesh jo’natilmoqda.

Metallni chuqur qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan “O’zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyatida qo’lga kiritilayotgan bu kabi yutuqlar mamlakatimiz sanoat salohiyatining tobora yuksalib borayotganidan bir misoldir. Zotan, sanoatni taraqqiy ettirish, uning yangi tarmoqlarini o’zlashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishga qaratilgan islohotlar tizimda keng ufqlar ochmoqda. Pirovardida sanoat tarkibida yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan, raqobatdosh mahsulotlar ulushi yil sayin oshib bormoqdaki, bu iqtisodiyot tarmoqlarini diversifikatsiyalashga qaratilgan istiqbolli loyihalar kutilgan samaralarni berayotganidan dalolatdir.

WWW.XS.UZ