Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Minnatdorlik, to‘kinlik, hosil bayrami

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Minnatdorlik, to‘kinlik, hosil bayrami

Poytaxtimizdagi Koreys madaniyat va san’at saroyida “Chxusok – 2019“ an’anaviy koreys milliy festivali bo‘lib o‘tdi. Unda hamshaharlarimiz va poytaxtimiz mehmonlari, keng jamoatchilik, milliy madaniyat markazlarining vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston koreys madaniyat markazlari uyushmasi raisi Viktor Pak, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi Rustam Qurbonov, Koreyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Kan Chje Kvon O‘zbekistonda turli millat va elat vakillari ahil oila farzandlaridek istiqomat qilishi uchun barcha sharoit yaratilganini ta’kidladi.

Yurtimizda turli millat vakillarining o‘ziga xos bayramlari katta tantana qilinadi. Chxusok – kuzgi shabada ma’nosini anglatadi. Tabiat saxiyligi uchun minnatdorlik va mo‘l hosil bayramida ota-onalarni yo‘qlash, to‘kin dasturxon atrofida jam bo‘lish, samimiy va dildan suhbat qurish, o‘tganlar xotirasini yodga olish yaxshi an’anaga aylangan.

Shu kuni kuzgi mayin shabada barchaga huzur bag‘ishladi. Bayram tom ma’noda ahillik, do‘stlik, shukronalik ayyomiga aylandi.

– Umrim, taqdirim, oilam, farzand va nevaralarim kelajagi Vatanim – O‘zbekiston bilan chambarchas bog‘liq, – dedi nuroniy otaxon Leonid Kim. – Shu zaminda baxtimni topdim. O‘g‘il-qizlarim o‘qidi. Oilali, kasb-korli bo‘ldi. Turmushimiz farovon, yurtimiz tinch. Bayram juda yuqori kayfiyatda o‘tgani hammaga manzur bo‘ldi.

Arina Ten Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida tahsil oladi. U o‘zbek milliy raqslariga bolalikdan qiziqqani bois “Nafis“ raqs ansamblining faol ishtirokchisi. Arinaning raqsini ko‘rganlar uning ijrosiga maftun bo‘lishi shubhasiz.

– O‘zbek milliy raqslari juda jozibali va betakror, – dedi Arina Ten. – Turli xalqlarning milliy raqslarini o‘rganishga astoydil kirishdim. Raqs millatlarni o‘zaro yaqinlashtiradi.

Ona zaminga minnatdorlik va hosil festivalida konsert dasturi namoyish etildi. Badiiy, foto, hunarmandlikka oid ko‘rgazmalar, mahorat darslari, pazandalik yarmarkasi, milliy o‘yinlar namoyish etildi.

UzA