MIROBODLIK SAYLOVCHILAR NOMZODNING DASTURIDAGI USTUVOR MASALALAR BILAN TANISHDI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning ishonchli vakili A.Hojiboyev poytaxtimizning Mirobod tumani saylovchilari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili yig‘ilganlarni Shavkat Mirziyoyevning tarjimai holi va saylovoldi dasturi bilan tanishtirdi.
Dasturda davlat va jamiyat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini isloh etish, iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, makroiqtisodiy barqarorlik va izchil o‘sish sur’atlarini ta’minlash, ijtimoiy sohani rivojlantirish, mamlakatimizdagi tinchlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlash, aholi bandligini ta’minlash, xususiy mulk va tadbirkorlik rivoji yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish, xalqimiz turmush darajasi va hayot sifatini yuksaltirish kabi muhim masalalar o‘z ifodasini topgan.
Toshkent shahrining barcha tumanlarida yangi madaniyat va istirohat bog‘lari barpo etish, yashil maydon va hududlarni yanada ko‘paytirish, kommunal va savdo xizmatlari sifatini yaxshilash, yangi transport-kommunikatsiya tarmoqlari va zamonaviy xizmat turlari, madaniy-maishiy obyektlar bunyod etish, yer ustidan o‘tadigan tezyurar metro yo‘nalishlarini qurish masalalariga ustuvor ahamiyat qaratilgan.
Uchrashuvda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professori, tarix fanlari doktori D.Bobojonova va boshqalar nomzodning dasturida belgilangan vazifalar xususida fikr bildirdi. Dasturda ilgari surilgan ulug‘vor vazifalar mamlakatimiz taraqqiyotida muhim asos bo‘lishini qayd etdi.
Uchrashuvda nomzodning ishonchli vakili saylovchilarning savollariga javob qaytardi.
O’zA