Mirzacho‘l obod bo‘lmoqda
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Prezident Shavkat Mirziyoyev Mirzacho‘l tumani G‘alaba mahallasida «Obod qishloq» dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
Cho‘l hududda joylashgan bu tuman uzoq yillar e’tibordan chetda qolib ketgan edi. Infratuzilma ob’ektlari eskirib, maishiy qiyinchiliklar yuzaga kelgandi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan «Obod qishloq» dasturi qabul qilingach, ko‘plab hududlar singari G‘alaba mahallasi ham tom ma’noda obod bo‘ldi. Yangi uy-joylar, ijtimoiy ob’ektlar qurildi, yo‘l bo‘ylari va maydonlar obodonlashtirildi. Bugun bu joylar yangi qiyofa kasb etgan.
Shavkat Mirziyoyev shu mahalladagi “Mirzacho‘l tikuvchilik majmuasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi.
Sobiq paxta tozalash korxonasining bo‘sh turgan binosida 3 milliard so‘mlik qurilish, ta’mirlash va jihozlash ishlari amalga oshirilgani natijasida yangi ishxona paydo bo‘ldi. Bu yerda zamonaviy uylarga ko‘chib o‘tgan oilalardagi uy bekalari va kollejlarni bitirgan qizlar “Tadbirkor ayol” ushmasi ko‘magida tikuvchilik kasbiga qayta tayyorlanib, ish bilan ta’minlandi. Korxona yiliga 8 milliard so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Hozirda jamoa “O‘zpaxtasanoat” tizimidagi va boshqa korxonalarga shartnoma asosida maxsus kiyimlar tikib berayotir. Jinsi matosidan erkaklar va ayollar uchun kiyim-kechaklar ham tikilmoqda.
– Mirzacho‘lni obod qilish bo‘yicha ishlarni bundan keyin ham davom ettiramiz. Maqsadimiz odamlarni rozi qilish, ularga munosib turmush sharoiti yaratish, dedi davlatimiz rahbari.
Prezidentimiz mazkur mahallaning Barakat ko‘chasida yashovchi Maqsud Misirov xonadonida ham bo‘ldi. Xonadon egalari mirzacho‘lliklarning obod joylarda yashashi va ishlashi uchun yaratilayotgan sharoitlar uchun minnatdorlik bildirdi.