Birinchi slide Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI TARKIBIDA “TAEKVONDO VA SPORT FAOLIYATI” FAKULTETINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA

2017 - Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili 2017 - Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi - 2016 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi - 2016 O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 26 yilligi O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 26 yilligi Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar Press-relizlar Press-relizlar O`zbеkistоning IHT TIVKga raisligi O`zbеkistоning IHT TIVKga raisligi BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik "Sharq taronalari" xalqaro festivali "Sharq taronalari" xalqaro festivali Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O‘zbekiston Xalqaro Paxta Yarmarkasi O‘zbekiston Xalqaro Paxta Yarmarkasi Sayyohlik Sayyohlik Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
hamma resurslarni ko'rsatish
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI TARKIBIDA “TAEKVONDO VA SPORT FAOLIYATI” FAKULTETINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yosh avlodning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Yurtimiz vakillari Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlari hamda turli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishib kelmoqdalar. Jumladan, respublikamizda taekvondo WTF sport turi jadal ravishda rivojlanib, yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan uch bosqichli “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va Universiada sport musobaqalari doirasida yanada ommalashib borayotgani ayniqsa e’tiborlidir.

Mustaqillik yillarida mazkur sport turi bo‘yicha sportchilarimiz nufuzli xalqaro sport musobaqalarida munosib ishtirok etib, 44 ta oltin, 64 ta kumush va 71 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan holda dunyoda O‘zbekistonning obro‘-e’tibori va sport salohiyatini yanada oshirmoqdalar.

O‘zbekiston Respublikasida taekvondo WTF sport turini yanada rivojlantirish, yuqori mahoratli sportchilar va kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida:

1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasining Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti tarkibida “Taekvondo va sport faoliyati” fakultetini (keyingi o‘rinlarda fakultet deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.

2. Quyidagilar fakultetning asosiy vazifalari etib belgilansin:

taekvondo WTF sport turini o‘qitish va amaliy tayyorlash uslublarini hamda uning tarixi, falsafasi, klassifikatsiyasini o‘zlashtirgan, ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash;

xalqaro ilg‘or tajribadan foydalanib, yuqori darajaga ega bo‘lgan xorijiy va mamlakatimizning malakali amaliyotchi mutaxassislari va trenerlarini ta’lim jarayoniga jalb etgan holda kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish;

yuqori malakali trener va o‘qituvchilarni tayyorlash, iqtidorli yosh sportchilarni aniqlash, xalqaro sport musobaqalarida munosib qatnashadigan professional sportchilar tayyorlash uchun ularning ko‘nikma va bilimlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan zamonaviy o‘qitish dasturlari va metodlarini ishlab chiqish;

ta’lim oluvchilarda individual qobiliyatlari va iste’dodlarini hisobga olgan holda jismoniy tarbiya va sportga oid ko‘nikmalarni shakllantirish;

yuqori intellektual salohiyatga va sport sohasida puxta bilimlarga ega mutaxassislarni tayyorlash;

respublika va xalqaro sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishadigan hamda O‘zbekiston milliy terma jamoalari tarkibida ishtirok etadigan iqtidorli sportchilarni tayyorlash;

o‘qitish va tayyorlashning barcha darajalarida innovatsion metodikalarni joriy etish hamda jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid dolzarb mavzular bo‘yicha chuqur ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish;

mavjud o‘quv-metodik, moddiy-texnik bazani har tomonlama mustahkamlash va takomillashtirish, ta’lim jarayoniga sportchilar tayyorlashning sifat jihatidan yangi darajasini ta’minlaydigan o‘qitishning zamonaviy texnik vositalarini, pedagogik texnologiyalarni joriy etish.

3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida 2018/2019-o‘quv yilidan boshlab taekvondo WTF hamda sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarish ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul kvotalarini shakllantirsin.

4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda fakultetni malakali mutaxassislar va professor-o‘qituvchilar bilan ta’minlash, ixtisoslik fanlari bo‘yicha o‘quv-metodik adabiyotlar yaratish va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va moliyalashtirishni nazarda tutuvchi Hukumat qarorini qabul qilsin.

5. O‘zbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasining fakultet uchun ajratiladigan sport inshootlarini ta’mirlash va sport anjomlari bilan jihozlash uchun zarur bo‘ladigan mablag‘larni ajratish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.

6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 11-maydagi “O‘zbekiston Milliy universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2527-son qaroriga 1-ilovaning matni ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin.

7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N.Yunusxodjayev, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U.Majidov va O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisi R.D.Kurbanov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri, 2017-yil 16-noyabr

www.uza.uz