MISR NASHRI O’ZBEKISTONDA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI SOHASINING RIVOJLANISHI HAQIDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Misr Arab Respublikasida chop etiladigan «al-Aqlam va al-Qutub» ilmiy-ommabop jurnalida Toshkentda bo’lib o’tgan “Davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish va jamiyatni demokratlashtirishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o’rni” mavzusidagi xalqaro davra suhbati haqidagi maqola bosilib chiqdi.
Nashr ushbu anjumanda Koreya Respublikasi, Yaponiya, Xitoy Xalq Respublikasi, Avstraliya, Latviya va Gruziyadan axborot texnologiyalari sohasi ekspertlari qatnashganini o’z o’quvchilariga ma’lum qilgan. Ular O’zbekistonning milliy axborot-kommunikatsiya tizimini bosqichma-bosqich rivojlantirish, axborot sohasiga doir milliy qonunchilikni izchil takomillashtirish, davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish va jamiyatni demokratik yangilashda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish masalalari ko’rib chiqishgani barobarida davlat va jamiyat qurilishi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish borasidagi xalqaro tajriba ham muhokama etishgani atroflicha qalamga olingan.
Nashr qayd etganidek, davra suhbati chog’ida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan davlat boshqaruvida samarali foydalanish, bu yo’nalishdagi qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish, aholiga interfaol xizmatlar ko’rsatish qamrovini kengaytirish, fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari himoya qilinishi va boshqa masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Jurnal xalqaro davra suhbatida tinglangan fikr-mulohazalar, xalqaro tajriba, taklif va tavsiyalar, muhokamalar natijalari o’rin olgan tahliliy xulosalardan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi qonun ijodkorligida, davlat organlariga turmush tarzining barcha jabhalariga zamonaviy innovatsiyalar, qulayliklarni joriy qilishlari uchun zarur huquqiy zamin va shart-sharoitlarni yaratishda unumli foydalanish mumkinligini e’tirof etgan.
Maqola so’nggida tadbirning qator ishtirokchilari tomonidan mavzu yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalar qalamga olingan.
«Jahon» AA, Qohira