Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

MISR NASHRI «SHARQ TARONALARI» HAQIDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
MISR NASHRI «SHARQ TARONALARI» HAQIDA

Yaqinda Misr Arab Respublikasida nashr etiladigan «al-Aqlam va al-Qutub» ilmiy-ommabop jurnali sahifasida «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivali mavzusiga bag’ishlangan maqola bosilib chiqdi.

Nashr e’tirof etganidek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu ajoyib kuy-qo’shiq bayrami xalqaro hamkorlik sohasidagi muhim an’anaviy madaniy voqyea bo’lib qoldi. «Samarqand shahrida o’tkazib kelinayotgan mazkur xalqaro anjuman jahondagi turli mamlakatlarning kuy-qo’shiq ijrochilari, san’at arboblari va olimlari o’rtasida ijodiy aloqalarni yo’lga qo’yishga xizmat qilayotgani barobarida u turli qit’alarda ro’y berayotgan musiqa bilan bog’liq jarayonlarning integratsiyalashuviga ham imkon yaratdi», deb yozadi «al-Aqlam va al-Qutub».

Maqolada dunyo xalqlarining noyob musiqiy merosi va an’analarini targ’ib etib, yosh avlod qalbida san’atga, musiqaga mehr uyg’otib kelayotgan ushbu festival dunyo xalqlari o’rtasida ijodiy hamkorlikni mustahkamlashga hamda madaniy aloqalar doirasini kengaytirishga ham xizmat qilayotgani alohida qayd etilgan. Nashr ta’kidlaganidek, «Sharq taronalari» qisqa davr ichida juda ham ommaviylashib ketgani holda butun dunyodan ishtirokchilarni ohanrabodek o’ziga jalb etmoqda».

Darhaqiqat, ushbu xalqaro madaniy anjumanning maqsadi insonlarni go’zallik, nafosat va ezgulikka da’vat etish, dunyo xalqlarining noyob musiqiy merosi hamda an’analarini asrab-avaylash va rivojlantirish, tili, madaniyati, milliy qadriyatlari rang-barang bo’lgan turli millat va elatlarni san’at vositasida yanada jipslashtirishdan iboratdir.

Jurnal festival ishtirokchilarining nafaqa soni, balki ijodiy darajasi ham yildan-yilga yuksalib borayotgani xususida atroflicha to’xtalgan. «Sharq taronalari»da qatnashayotgan mamlakatlar jo’g’rofiyasi ham kengayib bormoqda. Agar 1997 yilda o’tkazilgan dastlabki festivalda 31 mamlakat vakillari o’z san’atlarini namoyish etishgan bo’lsa, 2013 yilda tashkil etilgan to’qqizinchi festivalda 53 davlatning musiqa va san’at namoyandalari ishtirok etdilar».

Shuningdek, Misr jurnali mazkur madaniy forum doirasida musiqashunoslar, tanqidchilar va nazariyotchilar ishtirokida dunyo xalqlarining ko’p asrlik musiqa an’analarini asrash va rivojlantirish muammolari muhokama etiladigan xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya o’tkazilishi ham an’anaga aylanib qolganini o’z o’quvchilarining e’tiboriga havola qilgan.

Maqola intihosida esa bugungi kunlarda Samarqand shahrida «Sharq taronalari»ning o’ninchi, ya’ni yubiley anjumaniga puxta hozirlik ko’rilayotgani qayd etilgan.

«Jahon» AA, Qohira