MISRLIK EKSPERTLAR TABRIK YO’LLADILAR
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Misr ekspert doira vakillari yurtimiz Mustaqilligining 24 yillik bayrami munoasabati bilan o’z tabriklarini yo’lladi.
Xamdi Abu al-Aneyn, Misr Savdo-sanoat palatasi raisi o’rinbosari:
— Avvalambor, o’zbek xalqini mamlakat mustaqilligining 24 yilligi bayrami bilan samimiy muborakbod etishga hamda tinchlik-totuvlik va farovonlik tilashga ijozat bergaysiz.
Joriy yilning mart oyida bo’lib o’tgan Prezident saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirokim chog’ida yurtingizda yuz bergan ulkan ijobiy o’zgarishlarga guvoh bo’ldim. U yerda O’zbekiston kelajagini qurishga tayyor bo’lgan xushchaqchaq, yuqori bilimli va istiqbolli yoshlarni uchratdim.
Prezident Islom Karimov rahnamoligi ostida barcha sohalarda amalga oshirilayotgan chuqur islohotlar jamiyat hayotida o’z samarasini bermoqda. Mamlakatda xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar, turli hududlarda tashkil qilingan maxsus erkin iqtisodiy hududlar ishlab chiqaruvchilarga katta imkoniyatlar eshigini ochib berdi. Mazkur imkoniyatlar sanoat, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirmoqda.
Magida Maxluf, “Ayn-Shams” universiteti professori, “Boburnoma” kitobining arab tilidagi tarjimasi muallifi:
— O’zbekistonda turli rasmiy tadbirlarda ishtirokchi, shuningdek, parlament saylovlarida xalqaro kuzatuvchi sifatida bir necha marotaba bo’lish sharafiga muyassar bo’lganman.
Chuqur o’ylangan strategiyani amalga oshirishni davom ettirish respublikaning jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoriga kirishi uchun imkon berishiga ishonaman.
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan ta’lim tizimi va yoshlarga oid davlat siyosati jahon hamjamiyati e’tiborini o’ziga tortmoqda. Yangi barpo etilgan va ta’mirdan chiqarilgan o’quv muassasalarining soni jihatidan yurtingiz nafaqat Markaziy Osiyoda, balki butun Sharqda ham yetakchi o’rinda turadi.
O’zbekiston yuragimga yaqin mamlakat. Fursatdan foydalanib, o’zbek xalqini ulug’ ayyom Mustaqillikning 24 yillik bayrami bilan chin qalbimdan qutlayman. Barcha o’zbekistonliklarga baxt, sog’lik, tinchlik va farovonlik tilayman.
Magdi Zabal, “Zakazik” universiteti Milliy tadqiqotlar markazi direktori, Misr-O’zbekiston do’stlik jamiyati raisi:
— Do’st o’zbek xalqini Mustaqillik bayrami bilan tabriklayman. O’zbekistonga Prezident Islom Karimov rahbarligi ostida yanada yuksak cho’qqilarni zabt etishini tilab qolaman.
Yurtingizda 2014-yil dekabr oyida o’tkazilgan parlament saylovlarida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etish sharafiga muyassar bo’ldim. Saylovlar ochiq, faol ruhda hamda milliy qonunchilik va xalqaro talablarga to’liq mos ravishda o’tdi. Barcha saylovchilarga o’z xohish va istaklarini erkin bildirishlari uchun to’liq shart-sharoitlar yaratib berilganini alohida ta’kidlab o’tish lozim.
O’zbekistonda nafaqat xalqning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida, balki siyosiy hayotida ham yuz bergan barqaror rivojlanishni kuzatib turganimdan bag’oyat mamnunman. Mamlakatda boshqaruv tizimini demokratiyalashtirish va liberallashtirish borasida keng ko’lamli islohotlar muvafaqqiyatli amalga oshirilmoqda, aholi turmush darajasi va sifati ortmoqda.
Keksalarga hurmat va ehtirom ko’rsatish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Bu o’zbek xalqining yuksak ma’naviy va axloqiy qadriyatlarga ega ekanligidan dalolat berib turibdi.
“Jahon” AA, Qohira