“MIT.UZ — 2015″ G‘OLIBLARINI TAQDIRLASH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Poytaxtimizdagi “Turkiston” saroyida “MIT.uz — 2015″ g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Sog‘lom axborot muhitini targ‘ib qilishga qaratilgan milliy internet tanlovida mamlakatimizning axborot texnologiyalari, ilm-fan, davlat boshqaruvi, ijtimoiy va boshqa sohalarda faoliyat ko’rsatayotgan yoshlari o’zlarining veb-saytlari, ishlanmalari bilan ishtirok etdilar.
O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mazkur tanlovning tashkilotchilaridan hisoblanadi.
Vazirlikning xabar berishicha, “MIT.uz” milliy internet tanlovi mamlakatimiz axborot resurslari va servislarini yaratish hamda rivojlantirish, yoshlar uchun mo‘ljallangan sifatli internet loyihalarini ommalashtirish, xavfsiz internet makonini ta’minlash, iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish, shuningdek, yosh internet sayt yaratuvchilari, veb-dizayner, dasturchilar, blogerlar, jurnalistlarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, internetda yoshlar segmentini yanada kengaytirish va rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Joriy yilda “MIT.uz” milliy internet tanlovida 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan sakkiz yuzdan ortiq internet sayt muallif va ishlab chiquvchilari qatnashdi. Tanlovda Uz domenidagi veb-resurslar bilan bir qatorda xorijiy domenlarda joylashtirilgan saytlar ham tanlab olindi. Eng yaxshi axborot yangiliklari sayti deb kun.uz sayti, "Keksalarni e’zozlash yili" davlat dasturini amalga oshirishni yoritish bo’yicha keksalik.uz sayti g’olib deb topildi.
Eng yaxshi ijodiy ishlar o‘n asosiy va olti qo‘shimcha nominatsiya bo‘yicha saralab olindi.
"Jahon" AA