MODA VA DIZAYN FESTIVALI MAHORATLI IJODKORLAR VA YOSH DIZAYNERLARNI BIRLASHTIRDI
 Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili
						Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili
					 
				
					 
						 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
					 
				
					 
						
						O’zbekistonning Investitsion Salohiyat
						O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
					 
				
					 
						
						O’zbekistonning Investitsion Salohiyat
					 
				
					 
						 Uchrashuvlar
						Uchrashuvlar
					 
				
					 
						 XMT doirasidagi xamkorlik
						XMT doirasidagi xamkorlik 
					 
				
					 
						 BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari
						BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari
					 
				
					 
						 Press-relizlar
						Press-relizlar
					 
				
					 
						 Vakolatxona yangiliklari
						Vakolatxona yangiliklari
					 
				
					 
						 Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
						Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
					 
				
					 
						 O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni
						O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni
					 
				
					 
						 Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod
						Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod
					 
				
					 
						 Sayyohlik
						Sayyohlik
					 
				
					 
						 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
						8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
					 
				
					 
						 O’zbekiston matbuoti daydjestlari
						O’zbekiston matbuoti daydjestlari
					 
				
					 
						 2022 — 2026  ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА
						2022 — 2026  ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА
					 
				
					 
						 Конституциявий ислоҳотлар
						Конституциявий ислоҳотлар
					 
				
					 
						 Boshqa yangiliklar va voqealar
						Boshqa yangiliklar va voqealar
					 
				
				
					Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
 
					Poytaxtimizda davom etayotgan “Ertangi kun bizniki, marra bizniki!” shiori ostidagi Yoshlar haftaligi yorqin xotiralar, qizg‘in taassurotlarga boy bo‘lmoqda. Tadbir doirasida Moda va dizayn festivali, yoshlar va bolalar defilesi namoyish etilmoqda.
Yoshlar ijod saroyida «Osiyo ramzi» O‘zbekiston dizaynerlar va modelyerlar uyushmasi, Oliy va o‘rta maxsus, Madaniyat va sport ishlari vazirliklari hamkorligida tashkil etilgan festivalda taniqli dizayner va modelyerlar, mahoratli ijodkorlar, moda maktablarining vakillari qatnashmoqda.
– Ko‘rgazmada bitiruvchilarimiz «Moziyga yo‘l», «Naqshlar jilosi», «Grafika», «Gul ifori», «Sarigul», «Bahor» nomli kolleksiyalari bilan ishtirok etdi, – deydi Respublika rassomlik kolleji o‘qituvchisi Saodat Saidberdiyeva. – Yosh dizaynerlar yaratgan modellar o‘zining go‘zalligi, nafisligi, barcha yoshdagi ayollar va erkaklar uchun mo‘ljallangani va milliy an’analarni mujassam etgani bois barchada katta qiziqish uyg‘otdi.
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, Respublika rassomlik kolleji o‘quvchilari o‘zlarining ijodiy orzulari, nostandart yondashuvlar va har tomonlama qiziqishlarini yorqin ifoda etadigan kolleksiyalarni omma e’tiboriga havola qildi.
Festival doirasida tashkil etilgan yoshlar va bolalar defilesi namoyishida zamonaviy tendensiya va milliy an’analarimizni o‘zida mujassam etgan rang-barang va bejirim liboslar kolleksiyasi keng omma e’tiboriga havola qilindi. Bunday liboslar milliy, zamonaviy va sport uslubida, qo‘l mehnati bilan, shuningdek, kundalik, avangard hamda bayramona shaklda yaratilgan.
Mazkur festival navqiron avlodning kiyinish odobini rivojlantirish, estetik did va madaniyatni kamol toptirish, yosh model va modelyerlar o‘rtasida yangi nomlarni kashf etish, bolalar liboslari yaratuvchilari va ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida aloqalarni kengaytirishga yaqindan ko‘maklashish imkonini bermoqda.
– Did bilan kiyinish, ozoda yurish-turish – bolalikdan shakllanadi, – deydi yosh dizayner Roza Irismuhamedova. – Estetik didni to‘g‘ri tarbiyalashda kiyinish odobi muhim sanaladi. Men bolalar uchun libos yaratishda ularning psixologik-fiziologik holati, dunyoqarashi, ruhiyatiga alohida e’tibor qarataman. Bugun festivalda bolalar uchun yaratilgan "Kamalak", "Sharqona rang", "Kichkintoy", "Kuz va qish", "Bahor tarovati" nomli kolleksiyalarim bilan qatnashdim.
Festivalda professional dizaynerlar bilan bir qatorda oliy o‘quv yurtlari talabalari, kollej o‘quvchilari, shuningdek, yakka tartibda faoliyat yuritayotgan dizaynerlar ishtirok etmoqda.
Mazkur festivalga taqdim etilgan bolalar liboslarining namunalari keyinchalik mamlakatimizdagi to‘qimachilik va yengil sanoat korxonalarida keng miqyosda ishlab chiqarish uchun tavsiya etiladi.
O’zA
 
 
		 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
			 
				 
  
 



















