Moliya sektori samaradorligini oshirish yo‘lida
 Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili
						Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili
					 
				
					 
						 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
					 
				
					 
						
						O’zbekistonning Investitsion Salohiyat
						O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
					 
				
					 
						
						O’zbekistonning Investitsion Salohiyat
					 
				
					 
						 Uchrashuvlar
						Uchrashuvlar
					 
				
					 
						 XMT doirasidagi xamkorlik
						XMT doirasidagi xamkorlik 
					 
				
					 
						 BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari
						BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari
					 
				
					 
						 Press-relizlar
						Press-relizlar
					 
				
					 
						 Vakolatxona yangiliklari
						Vakolatxona yangiliklari
					 
				
					 
						 Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
						Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
					 
				
					 
						 O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni
						O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni
					 
				
					 
						 Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod
						Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod
					 
				
					 
						 Sayyohlik
						Sayyohlik
					 
				
					 
						 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
						8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
					 
				
					 
						 O’zbekiston matbuoti daydjestlari
						O’zbekiston matbuoti daydjestlari
					 
				
					 
						 2022 — 2026  ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА
						2022 — 2026  ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА
					 
				
					 
						 Конституциявий ислоҳотлар
						Конституциявий ислоҳотлар
					 
				
					 
						 Boshqa yangiliklar va voqealar
						Boshqa yangiliklar va voqealar
					 
				
				
					Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
 
					Toshkent moliya institutida mamlakatimiz iqtisodiyotida moliya sektorining ahamiyatini oshirish va bu jarayonda xorijiy tajribadan foydalanishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Toshkent moliya instituti, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi va Bank-moliya akademiyasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, vazirlik va idoralar, ilmiy-tadqiqot va ta’lim sohalari vakillari, moliya-kredit tashkilotlari ekspertlari ishtirok etdi.
Toshkent moliya instituti rektori U.Azizov va boshqalar mamlakatimiz banklari faoliyatini takomillashtirish va barqarorligini oshirish, qo‘shimcha investitsiyalar jalb etish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmi va ko‘lamini kengaytirish moliya-bank sektorini barqaror rivojlantirishning muhim omili ekanini ta’kidladi. Davlatimiz rahbarining 2010-yil 26-noyabrdagi “2011-2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi qarori sohaga doir shu kabi masalalarni hal etishda muhim o‘rin tutmoqda.
Tadbirda mamlakatimiz bank-moliya sektorini barqaror rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar o‘z samarasini berayotgani qayd etildi. Chunonchi, 2014-yilda Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi 12 foizdan 10 foizga tushirilib, tijorat banklarining kreditlar bo‘yicha foiz stavkasi ham shunga mos ravishda kamaytirildi. Bank aktivlari, umumiy kapital va depozitlar, shuningdek, iqtisodiyotning real sektoriga ajratilayotgan kreditlarning yillik hajmi oshib borayotgani kuzatilmoqda.
– O‘zbekistonda milliy iqtisodiyotni isloh etishda moliya-bank sektorining o‘rni tobora oshib bormoqda, – deydi Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining moliyaviy bozorlar bo‘yicha mutaxassisi Kazuyuki Nagao. – Bugungi kunda dunyoning yetakchi “Standard & Poor’s” va “Moody’s” reyting agentliklari tomonidan O‘zbekiston tijorat banklariga berilayotgan barqaror reyting ko‘rsatkichlari sohani rivojlantirish borasida tanlangan strategiyaning samaradorligidan dalolat beradi.
 
 
		 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
			 
				 
  
 



















