"MOODY’S" IPOTEKA-BANK REYTINGINI TASDIQLADI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2015 yil 7 avgustda "Moody’s" xalqaro reyting agentligi "Ipoteka-bank" aksiyadorlik tijorat ipoteka bankining milliy va xorijiy valyutadagi depozitlari bo‘yicha B2 reytinglarini tasdiqladi, deb xabar beradi "Ipoteka-bank" aksiyadorlik tijorat ipoteka banki. Ipoteka-bankning barcha reytinglari "Barqaror" istiqbolga ega.
Moody’s agentligi tahlilchilarining fikriga ko‘ra, Ipoteka-bankning reytinglari bankning korporativ va chakana moliya bozordagi mustahkam ulushini, jumladan aholi uchun omonatlar va ipoteka kreditlari bo‘yicha moliya bozoridagi sezilarli o‘rnini hamda bank tizimi uchun yetarlicha katta ahamiyatini aks ettiradi.
Bank aktivlarning yuqori o’sish sur’atiga, barqaror daromadlilik va yetarli darajadagi likvidlik ko‘rsatkichlariga ega bo’lib kelmoqda. Bank faoliyatida mijozlar depozitlari va davlat mablag’lari moliyalashtirishning barqaror manbai sifatida ko‘rsatilmoqda.
Ipoteka-bank O’zbekistondagi beshta yirik banklarning biri ekanligiga, hamda butun O’zbekistonning barcha hududlarini qamrab olgan filiallar va bo‘linmalar tarmog‘i orqali turli xildagi xizmatlarni ko‘rsatib kelayotganligiga Moody’s agentligi ijobiy omil sifatida e’tibor bermoqda.
Moody’s agentligi "keyingi 12-18 oy davomida Ipoteka-bankning rentabelligi mustahkam darajada qolishini va bu kredit portfelining o‘sishi bilan ta’minlanishini hamda moliyalashtirish manbalarining barqarorligini, shuningdek likvid aktivlarning mos darajada qolishini" aytmoqda.
“Jahon” AA