Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Moskvaning “Bolshaya polyanka” koʻchasida Islom Karimov nomidagi xiyobon va uning haykali ochildi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Moskvaning “Bolshaya polyanka” koʻchasida Islom Karimov nomidagi xiyobon va uning haykali ochildi

Islom Karimov nomidagi xiyobon va uning haykali ochilishi munosabati bilan tantanali marosim boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi, senatorlar, deputatlar, hukumat aʼzolari, Oʻzbekiston Qahramonlari, nuroniylar, yozuvchi-shoirlar, ilm-fan va sanʼat namoyandalari, Rossiya davlat idoralari, ikki mamlakat keng jamoatchiligi vakillari ishtirok etdi.

Islom Karimov siymosi Samarqanddagi Registon majmuasi fonida qad rostlagan. Ushbu loyiha britaniyalik taniqli haykaltarosh Pol Dey gʻoyasidir. Haykalda kuchli iroda sohibi, dono davlat arbobi va xalqparvar siyosatchi siymosi gavdalangan.

Marosimda soʻzga chiqqanlar Islom Karimov rahbarligi davrida amalga oshirilgan islohotlar haqida soʻzlab, uning beqiyos xizmatlari tufayli Oʻzbekistonning dunyo miqyosida nufuzi oshgani, xalqimiz turmush farovonligi yuksalganini taʼkidladi.

Bugun Oʻzbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida ana shu islohotlar qamrovi va taʼsirchanligini yanada oshirish yoʻlida keng miqyosli ishlar amalga oshirilayotgani eʼtirof etildi.

Islom Karimov nomidagi xiyobon va haykalning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning mamlakatimizga davlat tashrifi arafasida ochilishida ham chuqur ramziy maʼno bor.

Vladimir Putin mustaqil Oʻzbekiston asoschisi, buyuk davlat va jamoat arbobi Islom Karimov bilan yaqin shaxsiy doʻstona munosabatda boʻlgan.

2004 yil 16 iyunda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida Strategik sheriklik toʻgʻrisidagi shartnoma, 2005 yil 14 noyabrda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida Ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnoma hamda 2012 yil 4 iyunda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida Strategik sheriklikni chuqurlashtirish toʻgʻrisidagi deklaratsiya ham ana shu samimiy doʻstlik ruhini oʻzida aks ettiradi.

Vladimir Putin va Rossiya xalqi Islom Karimovni Oʻzbekiston taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi yoʻlida fidokorona mehnat qilgan, eng murakkab paytlarda tinchlik va barqarorlikni taʼminlagan shaxs sifatida xotirlaydi. Birinchi Prezidentimizning Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan, tinchlikparvarlik, bagʻrikenglik va totuvlik, oʻzaro teng manfaatdorlikka asoslangan oqilona siyosati haqli ravishda yuksak darajada eʼtirof etiladi.

Bugungi kunda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi doʻstona munosabatlar yangi pogʻonaga koʻtarilib, keng koʻlamda rivojlanmoqda. Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasiga davlat tashrifi doirasida ilk bor Taʼlim forumi va “Oʻzbekiston –Rossiya” hududlararo hamkorlik forumi oʻtkaziladi, shuningdek, mamlakatimizda atom elektr stansiyasi qurilishi boshlanishiga bagʻishlangan marosim boʻlib oʻtadi.

Moskvada Birinchi Prezidentimiz nomidagi xiyobon va haykalning ochilishi Islom Karimov xotirasiga hurmat-ehtirom ramzi boʻlib, Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasidagi doʻstlik munosabatlari izchil rivojlanayotgani va mustahkamlanayotganidan dalolat beradi.

www.uza.uz