MOSUD MANNAN: “MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEKISTONDA KENG MIQYOSLI BUNYODKORLIK ISHLARI AMALGA OSHIRILDI”
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Har bir o’zbekistonlik uchun eng aziz va qadrli bo’lgan Mustaqillik bayrami kirib kelishiga ham oz muddat qoldi. Ushbu ayyom arafasida Bangladesh Xalq Respublikasining O’zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Mosud Mannan “Jahon” axborot agentligi muxbiriga bergan intervyusi chog’ida mamlakatimizning mustaqil rivojlanish yillari davomida erishgan muvaffaqiyatlari haqidagi fikr-mulohazalarini o’rtoqlashdi.
— O’tgan 24 yil ichida O’zbekiston barcha sohalarda sezilarli muvaffaqiyatlarni qo’lga kiritdi, - dedi Bangladesh elchisi. - Yuqori sifatli sanoat tizimi yo’lga qo’yildi, iqtisodiy o’sish va aholi real daromadlari oshdi. Barcha tuman va shaharlarda ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Yangi zavod va korxonalar, infratuzilma inshootlari, zamonaviy turar joylar bunyod etildi.
Yurtingizda sog’liqni saqlash sohasida qo’lga kiritilgan yutuqlar ham tahsinga loyiqdir. Bu jabhada amalga oshirilgan keng ko’lamli majmuaviy chora-tadbirlar natijasida onalar va bolalar o’limi qisqargani holda o’rtacha umr ko’rish ko’rsatkichi uzaydi.
So’nggi yillarda ta’lim sohasiga katta e’tibor qaratilmoqda. Yangi maktab, litsey, kollej hamda oliy ta’lim muassasalari bunyod etildi, ularning moddiy texnik bazasi mustahkamlandi. Jahonda o’z obro’si va chuqur tarixiga ega bo’lgan Yevropa va Osiyoning yetakchi oliy o’quv yurtlarining O’zbekistonda ochilgan filiallari faoliyati ham bunga yorqin misol bo’la oladi.
Ta’lim va ma’naviy-ma’rifiy sohalarda olib borilayotgan davomli o’zgarishlar insonlarning dunyoqarashi, fikrlash tarzi, fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligi va ertangi kunga bo’lgan ishonch tuyg’ularini mustahkamladi. Zamonaviy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan yoshlar turli xalqaro musobaqalar, olimpiada va festivallarda o’z iqtidorlarini munosib namoyish etib, eng yuqori natijalarga erishmoqdalar.
Shuni a’lohida ta’kidlash joizki, O’zbekistonda chet el sarmoyadorlari uchun yaratilgan qulay sarmoyaviy iqlim, sharoit va imkoniyatlar, izchil davom etib borayotgan xususiylashtirish jarayoni chet el ishbilarmon doiralari vakillarini o’zaro hamkorlikka undaydi.
O’zbekiston va Bangladesh o’rtasidagi uzviy aloqalar haqida so’z yuritganda, bu aloqalar ikki mamlakat xalqlarining manfaatlari uchun xizmat qilayotgani hamda o’zaro ishonchga asoslanganligini aytib o’tish joizdir. Yurtingiz mustaqillikni qo’lga kiritganidan so’ng ikki tomonlama aloqalarimiz faollashdi. Bugungi kunda mamlakatingiz bilan barcha sohalardagi o’zaro aloqalarni rivojlantirish bo’yicha izchil ishlar olib borilmoqda. Faol siyosiy muloqot, qo’shma korxonalar sonining oshishi, yengil sanoat, qishloq xo’jaligi, avtomobilsozlik, farmatsevtika, turizm, fan va ta’lim sohalarida hamkorlikni rivojlantirish ikki davlat o’rtasidagi aloqalarda muhim ahamiyat kasb etadi.
So’zim so’nggida O’zbekiston xalqini tobora yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik bayrami bilan chin qalbimdan qutlayman, yurt mustaqilligini mustahkamlashda olib borilayotgan ishlarga omad tilab qolaman.
“Jahon” AA