Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

MOYLI EKINLAR MAYDONLARI KENGAYMOQDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
MOYLI EKINLAR MAYDONLARI KENGAYMOQDA

Shu kunlarda mamlakatimiz dalalarida maxsar hosili o‘rib-yig‘ib olinmoqda.

“O‘zpaxtayog‘” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi korxonalar yangi hosilni qabul qilishga puxta hozirlik ko‘rdi. Jumladan, fermer xo‘jaliklari bilan xomashyo yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar imzolandi.

– Har yili aholi va fermer xo‘jaliklarida yetishtirilgan moyli ekinlar qayta ishlanadi, – deydi jamiyatning qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i Jahongir G‘aniyev. – Joriy yilda mahsulot hajmini yanada ko‘paytirish maqsadida moyli ekinlar yetishtirish istagidagi fermer xo‘jaliklariga shartnoma asosida urug‘lik va ekish xarajatlari uchun bo‘nak mablag‘lari ajratildi.

Ilgari kungaboqar faqat aholi tomorqalari va ayrim xo‘jaliklarda yetishtirilar, asosiy e’tibor yirik urug‘li, mag‘zi po‘stlog‘idan oson ajraladigan navlarga qaratilardi. Endi uning mayda urug‘li, tarkibida yog‘ miqdori ko‘p turlariga talab ortmoqda. Ushbu ekinni yetishtirish ko‘p xarajat talab qilmasligi dehqon uchun ham qulay, ham daromadli sohaga aylanmoqda.

O‘zbekiston Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligidan ma’lum qilishlaricha, aholining qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, jumladan, o‘simlik yog‘iga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash maqsadida kungaboqar, soya, kunjut, zig‘ir, yeryong‘oq, maxsar yetishtirish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2008 yil 20 oktyabrdagi “Oziq-ovqat ekinlari ekiladigan maydonlarni optimallashtirish va ularni yetishtirishni ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni aholini yog‘-moy mahsulotlari bilan ta’minlash va turini ko‘paytirishda dasturilamal bo‘layotir.

Bunday ekinlarning keng miqyosda ekilishi mahalliy navlarga bo‘lgan talabni oshiradi. Moyli ekinlarning ertapishar, serhosil, kasalliklarga chidamli yangi navlarini yaratish borasida O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot institutining moyli ekinlar seleksiyasi, urug‘chiligi va agrotexnologiyasi bo‘limida izchil izlanishlar olib borilmoqda.

Ana shunday tadqiqotlar natijasida yaratilgan bir qator yangi navlar davlat reyestriga kiritildi. Kunjutning “Doston”, maxsarning “Nodir”, soyaning “Nafis”, “Orzu”, kungaboqarning “Navro‘z”, “Dilbar” navlari shular sirasidandir.

O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot institutining moyli ekinlar seleksiyasi, urug‘chiligi va agrotexnologiyasi bo‘limidagi izlanishlar samarasida 2014-2015 yillarda Serbiyaning dalachilik va sabzavotchilik institutidan kungaboqarning “Dushko” duragayi keltirilib, 16 gektar maydonda yetishtirilib, urug‘lik tayyorlandi. Joriy yilda tezpishar, serhosil “Diyor” navi qishloq xo‘jaligi navlarini sinash komissiyasiga topshirildi.

Chetdan urug‘lik keltirish miqdorini kamaytirish maqsadida moyli ekinlarning birlamchi urug‘chiligini tashkil etish va ulardan takroriy ekin sifatida foydalanish choralari ko‘rilayotir. Jumladan, Qashqadaryo viloyatining Mirishkor, Kasbi, Koson, Muborak, Qamashi, Qarshi tumanlaridagi fermer xo‘jaliklarida kungaboqar va kunjutning istiqbolli navlari g‘alladan bo‘shagan maydonlarda ekilib, tajriba-sinov ishlari olib borilmoqda.

Mamlakatimizda moyli ekinlar maydonlarining kengaytirilishi va ulardan tayyorlanadigan mahsulotlarning ko‘payishi aholining yog‘-moy mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini to‘la qondirish hamda chorvachilikni izchil rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

O’zA