Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

MUDDATIDAN OLDIN OVOZ BERISH DAVOM ETMOQDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
MUDDATIDAN OLDIN OVOZ BERISH DAVOM ETMOQDA

Toshkent viloyatida tuzilgan 878 saylov uchastkasida ham “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunning 31-moddasiga muvofiq, saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lmaydigan saylovchilar konstitutsiyaviy huquqidan foydalangan holda muddatidan oldin ovoz bermoqda.

Joriy yil 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy tadbirda Toshkent viloyatidan 1 million 943 ming 289 saylovchi ovoz berishi kutilmoqda.

Angren shahrida tashkil etilgan 60 saylov uchastkasida 123 ming 460 saylovchi ro‘yxatga olingan. Saylovchilarning 306 nafari siyosiy tadbirda birinchi marta qatnashadigan yoshlardir. Yoshlarning mazkur siyosiy jarayonda faol ishtirok etishini ta’minlash, ularga saylov qonunchiligining mazmun-mohiyati, muddatidan oldin ovoz berish tartib-qoidalari haqida keng ma’lumot berish maqsadida turli targ‘ibоt-tushuntirish tadbirlari o‘tkazildi.

Har bir uchastka saylov komissiyasi zamonaviy va saylovchilar kelishi uchun qulay binoda joylashishiga, barcha texnik vositalar, zarur adabiyot va qo‘llanmalar bilan ta’minlanishiga alohida e’tibor qaratildi.

Angren tibbiyot kollejida joylashgan 33-saylov uchastkasida ushbu hududda istiqomat qilayotgan uch nafar fuqaro muddatidan oldin ovoz berdi. Ular o‘zi tanlagan nomzodga ovoz berib, saylov varaqasi muhrlangan konvertni uchastka saylov komissiyasida qoldirdi.

– Kasbim taqozosiga ko‘ra 4-dekabr kuni band bo‘laman, – deydi T.Tog‘ayev. – Bunday paytda qanday yo‘l tutilishi, muddatidan oldin ovoz berish tartibi haqida targ‘ibоt tadbirlarda yetarlicha ma’lumot oldim. Shuning uchun o‘zim yashaydigan hududdagi 33-saylov uchastkasiga kelib, komissiya raisiga ariza bilan murojaat qildim. Komissiya a’zolaridan saylov varaqasini oldim va o‘zim tanlagan nomzod uchun ovoz berdim.

O’zA