Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

MUDDATIDAN OLDIN OVOZ BERISH — FUQAROLAR SAYLOV HUQUQINI TA’MINLASHNING MUHIM MEZONI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
MUDDATIDAN OLDIN OVOZ BERISH — FUQAROLAR SAYLOV HUQUQINI TA'MINLASHNING MUHIM MEZONI

Shu yil 4-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida qatnashish huquqiga ega bo’lgan fuqarolarimiz o’z konstitutsiyaviy huquqidan foydalanib, siyosiy xohish-irodasini namoyish etadi. Qonunchilikka binoan, saylov kuni o’z yashash joyida bo’lish imkoniyatiga ega bo’lmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega. Muddatidan oldin ovoz berish saylovga o’n kun qolganida boshlanadi va saylovga bir kun qolganida tugallanadi.

— O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o’tkazuvchi okrug saylov komissiyalari tomonidan muddatidan oldin ovoz berishni tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi, — deydi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi Olimjon Abdunazarov. — Xususan, ularning qarorlariga ko’ra, bu jarayon 24-noyabr kuni boshlanadi va 2-dekabr kuni tugaydi. Fuqarolar shu kunlarda soat 9 dan 18 ga qadar tegishli uchastka saylov komissiyalariga ariza bilan murojaat qilishlari mumkin. Bunda saylovchi saylov kuni o’z yashash joyida bo’la olmasligi sabablari (ta’til, xizmat safari, chet elga chiqish va hokazo) ko’rsatilgan ariza asosida saylov varaqasini oladi. Bu haqda komissiyaning kamida ikki nafar a’zosi hozirligida saylovchilar ro’yxatiga imzo qo’yadi. Saylovchi saylov varaqasini maxsus jihozlangan yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida to’ldiradi va yopiq konvertda uchastka saylov komissiyasida qoldiradi. 4-dekabr kuni ovoz berish tugagach, saylov qutilarini ochishdan oldin uchastka saylov komissiyasining barcha a’zosi hozirligida saylov varaqalari solingan yopiq konvertlar qutilarga tashlanadi.

Barcha saylov okrugida bo’lgani kabi 6-Namangan okrug saylov komissiyasida ham saylovchilarning muddatidan oldin ovoz berish huquqidan foydalanishini ta’minlash bo’yicha keng miqyosdagi tashkiliy va targ’ibоt ishlari olib borildi. Joylarda o’tkazilgan seminar-treninglar chog’ida uchastka saylov komissiyalari a’zolari bu borada saylov qonunchiligida belgilangan tartib-qoidalar bilan atroflicha tanishtirildi. Bundan tashqari, mavjud 690 ta saylov uchastkasi shu mavzuda tayyorlangan maxsus videorolik va boshqa targ’ibоt materiallari bilan ta’minlandi. Ularga muddatidan oldin ovoz berish uchun talab etiladigan saylov varaqalari ham yetkazib berildi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, okrug saylov komissiyasining muddatidan oldin ovoz berishni tashkil etish haqidagi qarori viloyat, tuman va shahar gazetalarida, okrug saylov komissiyasining veb-saytida e’lon qilinib, saylovchilar, kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari e’tiboriga havola qilindi.

— Mamlakatimiz hayotidagi muhim siyosiy tadbir yaqinlashgani sari saylovoldi ishlari ham qizg’in tus olayotir, — deydi Namangan shahridagi 97-uchastka saylov komissiyasi raisi Adhamjon Hasanov. — Saylovchilarning ovoz berishi uchun hamma narsa taxt qilib qo’yildi. Saylov kuni yashash joyida bo’la olmaydigan fuqarolarning muddatidan oldin ovoz berishini ta’minlashga ham har jihatdan puxta hozirlik ko’rildi. Ayni paytda komissiyamiz a’zolari ushbu masala bo’yicha murojaat qilgan fuqarolarga tegishli ma’lumotlarni berib borayapti.

Kosonsoylik Nasibjon Oxunov shu yilning 28-noyabr kuni chet elga safarga otlanayapti. Uning uchun mamlakatimiz hayotidagi ushbu siyosiy tadbirda ishtirok etish hamda qaror qabul qilish juda muhimdir.

— Saylovda qatnashish har bir fuqaroning nafaqat huquqi, ayni paytda burchi ham, deb bilaman, — deydi Nasibjon. — Chunki saylovda kelajak taraqqiyotimiz uchun ovoz beramiz, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga o’z munosabatimizni bildiramiz. Mahallamizda joylashgan 141-saylov uchastkasiga kelib, o’z saylov huquqimni muddatidan oldin ro’yobga chiqarish imkoniyatlari bilan tanishdim hamda uchastka saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat qildim. Safarga ketgunimga qadar munosib nomzodga ovoz beraman.

8-Sirdaryo saylov okrugi hududidagi barcha saylov uchastkasida ham muddatidan oldin ovoz berishga jiddiy tayyorgarlik ko’rildi. Okrug saylov komissiyasining bu haqdagi qarori mahalliy ommaviy axborot vositalarida e’lon qilindi. Seminar-treninglarda saylov jarayonining ana shu muhim bosqichini tashkil etish bo’yicha uchastka saylov komissiyalari a’zolariga batafsil ma’lumotlar berildi. Ushbu mavzuda ko’rsatuv, eshittirish va maqolalar e’lon qilindi. Okrugdagi 271 saylov uchastkasiga muddatidan oldin ovoz beruvchilar uchun yetarli miqdorda saylov varaqalari yetkazib berildi.

— Muddatidan oldin ovoz berish saylovchilarimizning o’z saylov huquqlaridan foydalanishining qonuniy kafolatlaridan biridir, — deydi Guliston shahridagi 23-uchastka saylov komissiyasi raisi Laylo o’oyipova. — Ya’ni kimdir biror sabab bilan saylov kuni o’z saylov uchastkasi hududidan uzoqda bo’lishi haqida uchastka saylov komissiyasiga murojaat qilsa, unga ovoz berish imkoniyati yaratiladi. Hozirgacha uchastkamizga ikki nafar saylovchi ana shunday maqsadda tashrif buyurdi. Komissiyamiz a’zolari tomonidan ularga muddatidan oldin ovoz berish tartib-qoidalari tushuntirilib, belgilangan muddatning o’zlariga qulay kunida saylov huquqlaridan foydalanishlari mumkinligi aytildi. Ulardan biri Nodira Hakimovadir.

— Saylov kuni xorij safarida bo’laman. Shu sababli o’zim ro’yxatga olingan 23-uchastka saylov komissiyasiga murojaat qildim, — deydi N. Hakimova. — Saylov uchastkasida muddatidan oldin ovoz berish mumkinligini aytishdi. Bugun-erta ana shu imkoniyatimdan foydalanib, Vatanimiz tinchligi va taraqqiyoti, turmushimiz bundan-da farovon bo’lishini niyat qilgan holda, munosib nomzodga ovoz bermoqchiman.

Mamlakatimizdagi barcha saylov uchastkasida muddatidan oldin ovoz berish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Bu esa fuqarolarning saylov huquqini to’liq ta’minlashga xizmat qiladi.

www.xs.uz