MUDDATIDAN OLDIN OVOZ BERISH – SAYLOVCHILAR UCHUN IMKONIYAT
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunning 31-moddasiga ko‘ra, saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.
Muddatidan oldin ovoz berish saylovga o‘n kun qolganida boshlanadi va saylovga bir kun qolganida to‘xtatiladi. Muddatidan oldin ovoz berishni o‘tkazish vaqti okrug saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi va saylovchilar, kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalari vakillarining e’tiboriga yetkaziladi.
Mazkur tartibdan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 7-Samarqand okrug saylov komissiyasi 2016-yil 16-noyabrda okrug hududidagi saylov uchastkalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘yicha muddatidan oldin ovoz berish 2016-yil 24-noyabr kuni boshlanib, 2-dekabr kuni yakunlanishi to‘g‘risida qaror qabul qilgan. Saylovchilar ushbu kunlarda soat 9.00 dan 18.00 ga qadar uchastka saylov komissiyalariga murojaat qilishi mumkinligi ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilingan.
Paxtachi tumanidagi 742-saylov uchastkasida 24-noyabr kuni Saroy va Amirobod mahallalarida istiqomat qiluvchi, saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lmaydigan saylovchilar kelib, o‘z konstitutsiyaviy huquqidan foydalangan holda muddatidan oldin ovoz berdi.
– Ish bilan xorijiy davlatga ketayotganim tufayli 4-dekabr kuni ovoz berishda ishtirok eta olmayman, – deydi Javlon Ergashev. – O‘zim yashaydigan hududdagi 742-saylov uchastkasiga kelib, komissiya a’zolariga murojaat qildim. Ular menga saylov varaqasi berishdi va o‘zim tanlagan nomzod uchun ovoz berdim.
Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 364-saylov uchastkasida ham hududda istiqomat qilayotgan uch nafar fuqaro muddatidan oldin ovoz berish boshlangan dastlabki kunda o‘zi tanlagan nomzod uchun ovoz berib, saylov varaqasi muhrlangan konvertni uchastka saylov komissiyasida qoldirdi.
– 2 ming 654 nafar saylovchi ro‘yxatga olingan uchastkamizda saylov kuni xizmat safarida bo‘ladigan fuqarolar ham bor, – deydi Samarqand shahridagi 102-uchastka saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Dilnoza Ahmedova. – Aholi o‘rtasida saylov qonunchiligi yuzasidan o‘tkazilgan tadbirlar davomida ularga muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega ekanini tushuntirdik. Bugundan e’tiboran ana shunday saylovchilar uchastkaga kelib, saylov varaqasi asosida o‘zlari tanlagan nomzod uchun ovoz bermoqda.
O’zA