Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Mudofaa qurilishi va Qurolli Kuchlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Mudofaa qurilishi va Qurolli Kuchlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2018-yil 10-oktyabr kuni mudofaa qurilishi va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan xizmat yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda qoʻshinlarning jangovar shayligi va jangovar qobiliyatini yanada oshirish, ularni zamonaviy qurol-yarogʻ va harbiy texnika bilan taʼminlash, mavjud qurol-yarogʻ namunalarini modernizatsiya qilish, mintaqa va dunyo mamlakatlari bilan harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni faollashtirish, harbiy shaharchalar infratuzilma obyektlarini, qoʻshinlarning texnik va front orti taʼminoti tizimlarini rivojlantirish, shuningdek, harbiy xizmatchilar, ularning oila aʼzolari va Qurolli Kuchlar faxriylarini ijtimoiy muhofaza qilish masalalari muhokama qilindi.

Harbiy okrug qoʻmondonliklarining harbiy-maʼmuriy sektorlar rahbariyati bilan yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, qoʻshinlarning kundalik samarali faoliyatini tashkil etishda qoʻshilma va qismlar komandirlariga koʻmaklashish, harbiy xizmatchilarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish borasidagi hamkorlik faoliyatining oraliq yakunlari ham koʻrib chiqildi.

Mudofaa vazirligi masʼul mansabdor shaxslarining qoʻshinlarning samarali jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarligini oshirish, boshqaruv organlari, birlashmalar, qoʻshilma va qismlar, oliy harbiy taʼlim muassasalari, shuningdek, mahalliy harbiy boshqaruv organlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼruzalari tinglandi.

Mudofaa vazirligining axborotiga koʻra, hisobоt davrida jami 120 dan ortiq tezkor-jangovar tayyorgarlik tadbirlari oʻtkazilgan, ularda tegishli vazirlik va idoralarning 15 mingdan ziyod harbiy xizmatchilari, shuningdek, davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliydavlat hokimiyatiorganlari vakillari ishtirok etgan.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida harbiy okruglarning jangovar imkoniyatlari sezilarli darajada kengaydi, doimiy shay holatdagi va maxsus topshiriqli mutlaqo yangi boʻlinmalar tuzildi. Koʻrilgan chora-tadbirlar tufayli qoʻshinlarning jangovar tayyorgarlik samaradorligi oshdi, boʻlinmalar jangovar shayligining vaqtga doir koʻrsatkichlari ikki barobar qisqartirildi, shaxsiy tarkibning professionallik darajasi yuksaldi.

Qisqa muddatda xorijning ilgʻor texnologiyalari va zamonaviy oʻquv vositalarini oʻzida mujassam etgan yangilangan Qurolli Kuchlar akademiyasi tashkil etildi.

Xizmat yigʻilishi yakunlari boʻyicha Prezidentimiz tomonidan Qurolli Kuchlar faoliyatini yanada takomillashtirish va umuman mamlakat mudofaa qobiliyatini yuksaltirishning ustuvor yoʻnalish va vazifalari belgilab berildi. Qurolli Kuchlarni yanada isloh qilish boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

www.uza.uz