MUHIM JARAYONGA PUXTA HOZIRLIK KO‘RILMOQDA
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Namangan viloyati kengashining navbatdagi konferensiyasi joriy yil 4-dekabrda o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik va partiyaning navbatdagi qurultoyiga delegatlar saylash masalalariga bag‘ishlandi.
Tadbirda mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida demokratiya ko‘zgusi bo‘lgan saylovlarni o‘tkazishning xalqaro andozalarga mos mustahkam huquqiy asosi yaratilgani siyosiy partiyalar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining jamiyat hayotida faol ishtirok etishida muhim omil bo‘layotgani ta’kidlandi.
– Bu fuqarolarning siyosiy-ijtimoiy dunyoqarashida yuz berayotgan tub o‘zgarishlar, saylovlarga nisbatan ongli munosabati, siyosiy partiyalarning saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish borasidagi tajribasi ortib borayotganida ham yorqin ifodasini topmoqda, – deydi O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Namangan viloyati kengashi raisi Olimjon Maqsudov. – Prezident saylovi kampaniyasi e’lon qilingan kundan e’tiboran “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi ham mazkur muhim siyosiy jarayonga puxta tayyorgarlik ko‘rmoqda. O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq, partiyamizdan Prezidentlikka nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi saylovchilar imzolarini to‘plash tadbiri muvaffaqiyatli tashkil etildi. Ushbu jarayon qonunchilikda belgilangan me’yorlar asosida mehnat jamoalari, mahallalar, ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlarda amalga oshirildi. Partiyaning tuman va shahar kengashlari hamda 350 dan ortiq boshlang‘ich tashkiloti samarali safarbar etilgani hamda partiyaning shahar va tuman tashkilotlarining konferensiyalari o‘tkazilgani bu borada juda qo‘l keldi.
Konferensiyada partiya qurultoyiga delegatlar saylandi.
O‘zA