Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

MUHIM JARAYONGA PUXTA TARADDUD

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
MUHIM JARAYONGA PUXTA TARADDUD

Nukusda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashining navbatdagi konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Shu kunlarda joriy yilning 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda. Saylovning yuqori saviyada, demokratik tamoyillar asosida o‘tishi ko‘p jihatdan siyosiy partiyalarning faolligi, tashabbuskorligiga bog‘liq.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi tarkibidagi 752 boshlang‘ich tashkiloti o‘z atrofiga 16 mingdan ziyod a’zoni birlashtirib, mahalliy Kengashlardagi vakillik organlari orqali davlat boshqaruvi va jamiyat hayoti hamda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda faol ishtirok etmoqda.

Partiya o‘z maqsad va vazifalarini targ‘ib qilish, uning elektorati bo‘lgan tadbirkor va ishbilarmonlar, fermerlarning manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash, boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini yanada jonlantirish, a’zolar sonini ko‘paytirish, ularni partiya tomonidan o‘tkazilayotgan loyihalarga faol jalb etish borasida samarali ishlarni olib bormoqda.

Plenumda partiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirokini ta’minlash, partiyaning VIII syezdiga delegatlar saylash masalalari muhokama etildi.

– Birinchi Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilgan demokratik islohotlar samarasida xalqaro talablarga to‘la javob beradigan mustahkam saylov tizimi yaratildi, – deydi O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi raisi Sog‘indiq Turmanov. – Bu bo‘lajak saylovning tenglik, oshkoralik va adolat tamoyillari asosida yuksak saviyada o‘tishiga xizmat qiladi.

Anjumanda partiyaning VIII syezdiga delegatlar saylandi.

O‘zA