MUNOSIB NOMZODGA OVOZ BERAMAN
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Joriy yilning 4-dekabr kuni o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga 8-Sirdaryo okrugi tarkibidagi barcha 271 saylov uchastkacida puxta hozirlik ko‘rildi.
Viloyatda ushbu muhim siyosiy tadbirda birinchi marta ovoz beradigan 15 mingdan ziyod yoshning siyosiy va huquqiy bilimini oshirish maqsadida oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida turli targ‘ibоt tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Uchastka saylov komissiyasi a’zolari ishini samarali tashkil etish va saylovchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida uchastka saylov komissiyalari ta’lim muassasalari, davlat korxonalari va jamoat tashkilotlarining zamonaviy binolarida joylashtirilgan. Barcha zarur jihozlar – mebel, komputer, nusxa ko‘chirish apparati, telefon, faks va boshqa texnika vositalari, saylov jarayoniga oid qonunlar, qo‘llanma va yo‘riqnomalar, huquqiy adabiyotlar bilan to‘liq ta’minlandi. Ovoz berish kabinalari, qutilar tayyor holga keltirildi.
Sirdaryo tumanida ovoz berishi kutilayotgan 84 mingga yaqin saylovchining 1 ming 900 dan ziyodi ushbu tadbirda birinchi marta ovoz beradigan yoshlardir.
Tumandagi 209-uchastka saylov komissiyasi raisi Zulxumor Xoliqovaning ta’kidlashicha, “Beshbuloq” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida qariyb 2000 saylovchi ro‘yxatga olingan, ularning 28 nafari ovoz berish jarayonida birinchi marta ishtirok etadi.
– Mamlakatimiz hayotidagi muhim siyosiy tadbir – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etib, yurtimiz kelajagi uchun ovoz berishimdan faxrlanaman, – deydi Baxt yengil sanoat kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Javohir Rahimov. – Ushbu saylovda Birinchi Prezidentimiz rahnamoligida boshlangan keng ko‘lamli islohotlarni, ulkan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettiradigan, yurtimiz tinchligi va xalqimiz farovonligini yanada mustahkamlashga munosib hissa qo‘shadigan, biz, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydigan nomzodga ovoz beraman.
O’zA