MUNOSIB NOMZODGA OVOZ BERAMIZ
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Joriy yil 4-dekabr kuni bo‘ladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yuksak saviyada tashkil etish borasida Surxondaryo viloyatida tuzilgan barcha 734 saylov uchastkacida puxta hozirlik ko‘rildi.
Uchastka saylov komissiyalari a’zolari faoliyatini samarali tashkil etish va saylovchilarga milliy qonunchiligimiz doirasida zarur qulayliklar yaratish maqsadida saylov uchastkalari ta’lim muassasalari, davlat korxonalari va jamoat tashkilotlarining zamonaviy binolariga joylashtirilib, to‘liq jihozlandi. Mebel, komputer, nusxa ko‘chirish apparati, telefon, faks va boshqa texnika vositalari, saylov jarayoniga oid qonunlar, qo‘llanma va yo‘riqnomalar, huquqiy adabiyotlar bilan ta’minlandi. Ovoz berish kabinalari, qutilar tayyor holga keltirib qo‘yildi.
Viloyatda ushbu muhim siyosiy tadbirda ishtirok etadigan fuqarolar, ayniqsa, birinchi marta ovoz beradigan 38 mingga yaqin yoshlarning siyosiy va huquqiy bilimini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Termiz davlat universiteti va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida targ‘ibоt tadbirlari o‘tkazilayotir.
Bo‘lajak saylovda akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining 14 mingdan ortiq o‘qituvchi-pedagog va texnik xodimi, 39 ming 29 o‘quvchisi ishtirok etadi. Ularning 5 ming 628 nafari saylovlarda ilk marta qatnashayotgan yoshlardir.
– Ta’lim muassasalarida ham ushbu muhim siyosiy tadbirga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko‘rildi, – deydi Surxondaryo viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Karomat Ashurov. – 9-Surxondaryo okrug saylov komissiyasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi va boshqa tashkilotlar hamkorligida turli tadbirlar tashkil etilib, saylovchilar, ayniqsa, birinchi marta qatnashadigan yoshlarning siyosiy-huquqiy bilimi, milliy saylov qonunchiligidan xabardorligini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Termiz davlat universitetining yangi barpo etilgan va barcha zamonaviy sharoitlarga ega o‘quv binosida joylashgan 260-saylov uchastkasida 2 ming 725 saylovchi ro‘yxatga olingan. Ularning 15 nafari salomatligi va boshqa sabablarga ko‘ra, saylov uchastkasiga kela olmaydigan fuqarolar, 34 nafari saylovlarda ilk marta ishtirok etayotgan o‘g‘il-qizlardir.
– Saylov arafasida tashkil etilayotgan uchrashuv, aksiya va boshqa tadbirlarda qatnashib, milliy saylov tizimi, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga oid bilimlarimizni yanada oshirdik, – deydi Termiz davlat universiteti talabasi Zulfiya Turdiyeva. – Biz Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi, yoshlar kelajagi uchun fidoyi bo‘lgan munosib nomzodga ovoz beramiz.
O’zA