MUQADDAS MASKANLAR YOSHLAR NIGOHIDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Poytaxtimizda “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” shiori ostida O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi markaziy kengashining “Muqaddas maskanlar – zamondoshlar nigohida” onlayn sayohat loyihasiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida tarixiy-madaniy merosimizni asrash, ularni kelajak avlodlarga asl holicha yetkazish, yosh avlodni tariximizga ehtirom ruhida tarbiyalash, jamiyat taraqqiyotini yuksaltirishda muhim omil bo‘layotgani ta’kidlandi.
Mazkur loyiha Prezidentimizning 2016-yil 2-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma besh yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib moddiy-ma’naviy merosimizni xalqimiz, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida keng targ‘ib qilishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Yurtimizda istiqlol sharofati bilan madaniy meros obektlarini asrash, tadqiq etish va targ‘ib qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bunda xalqimizning tarixi, boy madaniy merosi, milliy qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan me’morlik obidalari, tasviriy san’at yodgorliklari, arxeologik topilmalar, muqaddas qadamjolarimiz, osori atiqalarimizga alohida e’tibor qaratilayotir.
Loyiha doirasida mamlakatimizdagi madaniy meros obyektlari, ziyoratgohlardan foto va video reportajlar tayyorlanib, partiyaning www.mt.uz sayti va Facebook ijtimoiy tarmog‘ida onlayn tarzda yoritib boriladi. “Muqaddas maskanlar – zamondoshlar nigohida” mavzuida hujjatli film tayyorlanib, fotoko‘rgazma tashkil etiladi. Mustaqillik yillarida qayta tiklangan madaniy meros obyektlari katalogi tuziladi.
O’zA