Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

MUQADDAS VATAN MADHI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
MUQADDAS VATAN MADHI

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida istiqlolimizning 25-yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan “Yagonasan, muqaddas Vatan!” ko‘rik-tanlovining O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimidagi saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda tanlovning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichlari g‘oliblari ishtirok etdi.

O‘zbekiston bastakorlar uyushmasi raisi o‘rinbosari, ijodiy tanlov hakamlar hay’ati raisi H.Rahimov va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida navqiron avlodni vatanparvarlik, milliy istiqlol g‘oyasiga sadoqat, ibratli an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida kamol toptirish masalasi ma’naviy-ma’rifiy islohotlarda ustuvor ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi.

2009-yildan buyon an’anaviy o‘tkazilayotgan «Yagonasan, muqaddas Vatan!» tanlovi yoshlarni Vatanga sodiqlik, fidoyilik, uning taqdiri uchun mas’uliyatni astoydil his etish, millatimiz va buyuk ajdodlarimizga munosiblik ruhida kamol toptirishdek ulug‘vor maqsadlarga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

“Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” shiori ostida o‘tkazilayotgan bu yilgi tanlov istiqlolimizning mohiyatini, tinch va osoyishta, farovon hayotimizning qadr-qimmatini yoshlarga musiqa san’ati vositasida yetkazish imkonini berayotir.

Ushbu ijodiy loyihaning O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimidagi bosqichi ham bayramona ruhda, yuksak saviyada o‘tkazildi. Qo‘shiq bayramining iyun-iyul oylarida bo‘lib o‘tgan dastlabki hududiy saralash jarayonlarida 3 ming 125 nafar yakkaxon xonanda va 31 ta badiiy jamoa o‘z ijod namunalari bilan ishtirok etdi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichlarida muvaffaqiyatli qatnashgan 60 nafar yakkaxon ishtirokchi, 3 ta badiiy jamoa va trio-guruhi ko‘rik-tanlovning vazirlik saralash bosqichida o‘z musiqiy dasturini namoyish etish imkoniga ega bo‘ldi.

Ulardan biri – Madina Mamirova Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahridagi «Obod yurt» aholi madaniyat va dam olish maskani qoshidagi «Shodlik» ashula va raqs ansambli xonandasi. Hozir Yangiyerdagi 10-umumta’lim maktabining 9-sinfida ta’lim olayotgan Madina 11 yoshidan musiqa bilan shug‘ullana boshlagan.

– Tanlov uchun «O‘zbekistonim, senga!» qo‘shig‘ini tayyorlab keldim,– deydi M.Mamirova. – Bu qo‘shiq biz – yosh avlodning jonajon Vatanimizga mehr va sadoqatimiz, cheksiz ehtiromimiz, tinch va osuda kunlar shukronasi, yoshlar kamoloti yo‘lidagi g‘amxo‘rlik uchun minnatdorlik tuyg‘usi bilan yo‘g‘rilgan. «Yagonasan, muqaddas Vatan!» ko‘rik-tanlovi shu tabarruk diyorga bo‘lgan hurmatimiz, muhabbatimizni musiqa yordamida ifodalash yo‘lidagi ijodiy imkoniyatdir.

Ishtirokchilar ijro etgan asarlarning musiqasi, she’r matnining saviyasi, ijro mahorati, tanlagan liboslari va sahna madaniyatiga hakamlar hay’ati tomonidan alohida e’tibor qaratildi.

Tanlov yakuniga ko‘ra, Jenisbek Piyazov (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) «Qardoshim» qo‘shig‘i uchun, Serijon Jonahmedov (Navoiy viloyati) «Barkamol avlod» qo‘shig‘i uchun, «Namangan navolari» (Namangan viloyati) badiiy jamoasi «O‘zbekiston» qo‘shig‘i uchun birinchi o‘ringa munosib topildi. G‘oliblar qo‘shiq bayramining mamlakat bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

O‘zA