MURABBIYLAR ARDOQDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida «Uch avlod uchrashuvi» o‘tkazildi.
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizda sportni rivojlantirish uchun munosib hissa qo‘shgan faxriy sportchi va murabbiylar, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari ishtirok etdi.
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda sportni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan shart-sharoitlar samarasida xotin-qizlar o‘rtasida sport ommalashmoqda. Yurtimizning barcha hududlarida bunyod etilgan zamonaviy sport inshootlarida o‘g‘il-qizlar o‘zlari qiziqqan sport turi bilan shug‘ullanib, salomatligini mustahkamlamoqda.
Sog‘lom ona va bola yilida bu boradagi ishlar ko‘lami yanada kengaymoqda. Qizlarni sportga keng jalb etish, ayol murabbiyalar mehnatini rag‘batlantirish borasida izchil ishlar amalga oshirilayotir.
Marosimda faxriy murabbiylar, tajribali sportchilar o‘z hayoti, sportda erishgan natijalari, davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tibor haqida so‘zlab berdi.
– Mamlakatimizda keksalarga mehr-e’tibor ko‘rsatish qadriyat darajasiga ko‘tarilgan, – deydi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti professori Klara Shokirjonova. – Sportimiz rivojiga mehnati singan murabbiy va sportchilar ham doimo jamoatchilik ardog‘ida. Bugungi uchrashuvda ular bilan diydorlashib, dildan suhbat qurdik. Yoshlar ularning tajribalarini o‘rgandi.
Sport sohasida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan va turli nufuzli musobaqalarda yuqori natijalarga erishayotgan sportchilar taqdirlandi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi E.Bositxonova so‘zga chiqdi.