Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

MUSIQA FESTIVALI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
MUSIQA FESTIVALI

Yoshlar ijod saroyida Vatanimiz mustaqilligining 25-yilligiga bag‘ishlab “Ijro zavqi” musiqa festivali bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida barpo etilayotgan bolalar musiqa va san’at maktablari, badiiy ijodiyot markazlari yoshlar ma’naviyatini yuksaltirmoqda. Musiqa ta’limiga ko‘rsatilayotgan e’tibor natijasida yoshlarning milliy san’atimizga mehri tobora ortib, iste’dodlar safi yanada kengaymoqda.

«Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining Toshkent shahar kengashi tomonidan eng ulug‘, eng aziz ayyom – Vatanimiz mustaqilligining 25-yilligiga bag‘ishlab “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” shiori ostida turli ijodiy loyihalar, aksiyalar, konsertlar, badiiy ko‘rgazmalar, forumlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. «Ijro zavqi» deb nomlangan musiqa festivali ham qutlug‘ sanaga bag‘ishlangan loyihalardan biri bo‘lib, undan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarga istiqlol yillarida musiqa san’ati rivoji yo‘lidagi e’tiborning ko‘lami va ahamiyatini kengroq tushuntirishdan iboratdir.

Festivalda tuman bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 14 yoshdan 30 yoshgacha turli yo‘nalishdagi ta’lim maskanlarida tahsil olayotgan, ijodiy jamoalarda mehnat qilayotgan 120 nafar yigit-qiz qatnashdi. Ular milliy maqom va estrada yo‘nalishidagi qo‘shiqlarni jonli ijroda shoirlar, ustoz san’atkorlar, estrada yulduzlaridan iborat hakamlar hay’ati e’tiboriga havola etdi.

– Mumtoz musiqaga juda qiziqaman, – deydi tanlov ishtirokchisi, Toshkent shahridagi 7-umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi Yasmina Umarova. – Festival uchun «Yovvoyi tanovar» ashulasini ustozlarimning ko‘magi bilan tayyorlab keldim. Tengqurlarimning ijrosini tinglab, hali o‘z ustimda ko‘p izlanishim kerakligini dildan his etdim.

Festivalda Vatanni, istiqlolimizni, tinch va osoyishta, baxtiyor kunlarimizni tarannum etuvchi qo‘shiqlar yangradi. Ishtirokchilarning ijro mahorati, musiqiy asarni tinglovchiga yetkaza olishi, ovoz imkoniyatlariga asosiy e’tibor qaratildi. Dilmurod Toshmurodov birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rinni Azizbek Olimov egalladi. Xadicha Imomnazarova hamda Islom Umrzoqov uchinchi o‘ringa munosib topildi.

O’zA