"MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEKISTONDA ULKAN IJOBIY O’ZGARISHLAR YUZ BERDI"
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Yurtimizning Mustaqillik bayrami munosabati bilan “Venveybao” (Xitoy Xalq Respublikasi) gazetasi muhbiri Dun Libin O’zbekistonning zamonaviy taraqqiyoti haqidagi fikrlari bilan o’rtoqlashdi.
— Respublika Prezidenti tomonidan ishlab chiqilgan o’ziga xos rivojlanish modeli tufayli, tarixan qisqa davrda tub o’zgarishlarga erishildi – deya ta’kidlaydi xitoylik jurnalist. - Chuqur iqtisodiy va institutsional islohotlar natijasida bozor iqtisodiyoti shakllandi. Bunga barcha sohalarda qo’lga kiritilgan yutuqlar yaqqol misol bo’la oladi.
— Dunyoda davom etayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqirozga qaramasdan O’zbekiston iqtisodiyoti barqaror rivojlanib borayotgan davlatlar qatoridan o’rin oldi. 2008-2014-yillar davomida respublika YAIMi o’rtacha 8,3 foizlik o’sish ko’rsatkichini qayd etdi. Mustaqillik yillarida O’zbekiston iqtisodiyoti 5 barobar, aholi real daromadlari 9 barobar oshdi.
Shu fursatdan foydalanib, yurtingiz aholisini ulug’ ayyom – Mustaqillikning 24 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. O’zbekistonga tinchlik va farovonlik, O’zbekiston xalqiga esa – baxt va fayz-baraka tilayman.
“Jahon” AA