Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Muzokaralar har doimgidek o‘zaro ishonch va ochiqlik muhitida, konstruktiv ruhda o‘tdi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Muzokaralar har doimgidek o‘zaro ishonch va ochiqlik muhitida, konstruktiv ruhda o‘tdi

Davlat rahbarlarining samarali muzokaralari yakunida salmoqli hujjatlar qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Qo‘shma bayonotni imzoladi.

Tashrif doirasida imzolangan 2019-2024 yillarda iqtisodiy hamkorlik dasturi, 2019-2021 yillarda madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik dasturi, “Suffa” xalqaro radioastronomik observatoriyasini tashkil etish bo‘yicha yo‘l xaritasi, O‘zbekistonda Rossiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari filiallarini tashkil etish va faoliyatini ta’minlash to‘g‘risidagi bitim, To‘qimachilik sanoatida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim o‘zaro almashildi.

“Mustaqillikning 25 yilligi” konini qo‘shimcha razvedka qilish va jihozlash hamda Surxondaryo viloyatida gaz-kimyo majmuasini qurish bo‘yicha “O‘zbekiston mustaqilligi” investitsiya blokiga doir qo‘shimcha bitim, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma, Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining O‘zbekistondagi filialini tashkil etish to‘g‘risida bitim, Fanlararo ilmiy ta’lim markazini tashkil etish to‘g‘risida bitim, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari rektorlari kengashi va “Rossiya rektorlar kengashi” jamoat tashkiloti o‘rtasida bitim, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Rossiya Federatsiyasi Milliy gvardiya qo‘shinlari Federal xizmati o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi.

Tashrif asnosida turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan 20 ta hujjat imzolandi.

Ommaviy axborot vositalari uchun brifingda Prezidentlar tor va keng doiradagi muzokaralar har doimgidek o‘zaro ishonch va ochiqlik muhitida, konstruktiv ruhda o‘tganini ta’kidladi.

Hamkorlikning hozirgi holati va uni har tomonlama rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi, mamlakatlarimizning dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalarga doir yondashuvlari mos yoki yaqin ekani tasdiqlandi.

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilgani qayd etildi.

Bugungi kunda Rossiyaning mamlakatimiz iqtisodiyotiga yo‘naltirgan investitsiyalari hajmi 8,5 milliard dollardan oshadi. Tashrif doirasida birinchi bor o‘tkazilgan “O‘zbekiston-Rossiya” hududlararo forumi bu borada katta ahamiyat kasb etdi. Uning yakunida qiymati 2 milliard dollardan ziyod loyihalar bo‘yicha kelishuvga erishilgani qayd etildi.

Tomonlar BMT, MDH, ShHT, YeXHT va boshqa nufuzli xalqaro tuzilmalar doirasida o‘zaro hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanini tasdiqladilar.

Prezidentlar xavfsizlik sohasida o‘zaro ishonch va manfaatlarni hisobga olish prinsiplariga asoslangan sheriklik munosabatlarini kengaytirish Markaziy Osiyo mintaqasidagi yangi tahdid va xatarlarga qarshi kurashish vazifalarini birgalikda hal etishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Terrorizm, ekstremizm, ayniqsa, yoshlar orasida radikallashuvga qarshi kurashish bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar Afg‘onistonda tinchlikni afg‘onlarning o‘zi, afg‘onlar rahbarligida o‘rnatishi zarurligiga ishonch bildirdi. Rossiya O‘zbekistonning Afg‘onistonda tinchlik jarayoniga ko‘maklashish borasidagi muhim sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.

Davlat rahbarlari Markaziy Osiyoda o‘zaro manfaatli va samarali mintaqaviy hamkorlik rivojida ijobiy tendensiyalar kuzatilayotganini ta’kidladi.

Fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va turizm sohalaridagi aloqalarni rivojlantirishga ustuvor ahamiyat qaratildi. Joriy o‘quv yilidan Olmaliq shahrida Moskva po‘lat va qotishmalar instituti filiali ish boshladi. Mamlakatimizda samarali faoliyat yuritayotgan Moskva davlat universiteti, Rossiya iqtisodiy akademiyasi, Rossiya davlat neft va gaz universiteti filiallariga qo‘shimcha ravishda Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti, «MMFI» milliy tadqiqot yadro universiteti, Rossiya davlat kinematografiya instituti, Moskva energetika instituti, Rossiya kimyo-texnologiya universiteti filiallarini ochish rejalashtirilgan.

Fan sohasida o‘zaro hamkorlikni faollashtirish, jumladan, Jizzax viloyatidagi Suffa platosida yirik radioteleskop tashkil etish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Xalqlarimizni yanada yaqinlashtirish maqsadida mamlakatimizda O‘zbekiston-Rossiya yoshlari forumi to‘rtinchi bor o‘tkaziladi.

Davlatimiz rahbari yana bir muhim masalaga to‘xtaldi. 2020 yilda Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 75 yilligini munosib nishonlash maqsadida mamlakatimizda maxsus dastur ishlab chiqish va Toshkentda “G‘alaba” bog‘-majmuasini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Ushbu maskan fashizmga qarshi kurashimiz ramzi bo‘ladi, yosh avlodni tarixga hurmat, vatanparvarlik va xalqlar do‘stligi ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

Tomonlar Rossiya Prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi mamlakatlarimiz o‘rtasida strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhidagi keng ko‘lamli hamkorlikni yanada rivojlantirishga kuchli sur’at bag‘ishlashiga ishonch bildirdi.

www.president.uz