MUZOKARALAR KENGAYTIRILGAN TARKIBDA DAVOM ETTIRILDI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In muloqotni ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokarasida davom ettirdi. Tomonlar savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirishga oid masalalarni muhokama qildi.
Oliy darajadagi uchrashuvda o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish uchun mavjud imkoniyat va salohiyat to‘liq ishga solinmayotgani qayd etildi. Ushbu ko‘rsatkichlarni yanada oshirish bo‘yicha yangi qadamlar tashlanishi ta’kidlandi.
Prezidentimizning Koreya Respublikasiga tashrifi davom etmoqda.